Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi, deya bayonot bilan chiqdi Agentlik axborot xizmati.

Qayd etilishicha, videoda aks etgan 6 nafar tarbiyachi va 1 nafar hamshira egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilindi.

Shuningdek, tarbiyachi xodimlarning faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagan mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

Hududiy tibbiyot birlashmasi mutaxassislari jalb etilgan holda muassasadagi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, «G‘amxo‘rlik» markazidagi bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchalari atrofiga qo‘shimcha nazorat kameralari o‘rnatildi.