AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronga qarshi dengiz blokadasi haqidagi bayonotni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
Bayonotda 6 sentyabr holatiga ko‘ra, Eronga qarshi dengiz blokadasi doirasida 92 ta savdo kemasining yo‘nalishi o‘zgartirilgani aytilgan. Shuningdek, uchta kema "foydalanishdan chiqarilgan", yana uchta kema esa "talablarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida" tekshirilgan.
CENTCOM e’lon qilgan ma’lumotlarda, shuningdek, AQSh Havo kuchlarining F-35A rusumli yashirin qiruvchi samolyoti hududdagi dengiz suvlarini patrullik qilayotgani qayd etilgan.
Bundan avval AQSh Qurolli kuchlari Eron mintaqadagi amerikaning ikki harbiy kemasiga hujum qilganidan so‘ng, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining uchta tankerini yo‘q qilganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy-dengiz kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida amerikaning harbiy uchuvchisiz suv usti apparatiga hujum qilgan, deb xabar berdi Kazinform.