Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
Mazkur haftalik doirasida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nuroniylar ishtirokida “Keksalik va ma’naviy meros” hamda “Keksalari e’zozlangan yurt” nomli kitoblar chop etilib, taqdimoti o‘tkazildi.
Tadqimot ochilish marosimida institut direktori, professor Nodira Egamberdiyeva shunday dedi:
– Keksa avlod vakillarini e’zozlash, hozirgi osoyishta kunlarimiz uchun sidqidildan mehnat qilgan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni qadrlash xalqimizga xos hislatlardan sanaladi. Shu maqsadda biz mahalla hamda oilalarning tinch va osoyishta bo‘lishida aynan yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimizning uzoq yillik hayotiy tajribasiga tayanamiz. Ularning bosib o‘tgan samarali va sermazmun hayot yo‘llaridan o‘rnak olamiz. Yangi nashrdan chiqqan “Keksalik va ma’naviy meros” hamda “Keksalari e’zozlangan yurt” nomli kitoblarda ham aynan nuroniylarning hayotiy tajribalari aks ettirilgan.
Kitoblar taqdimoti: “Keksalik va ma’naviy meros”, “Keksalari e’zozlangan yurt”
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalardagi tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirishga e’tibor qaratib kelinadi.
Samarqandda «IMKON» markazi ochildi
- FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari eʼlon qildi
- FarDU voleybolchilari Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekiston Prezidenti va YXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab oldilar
- Logistika – dunyoga ochilish yoʻli
- Oʻzbekistonda 4,63 million tonna paxta yigʻib olindi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi