Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun elektron murojaat yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan mol‑mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun quyidagilardan biri orqali elektron murojaat yuboriladi:
elektron soliq xizmatlari portali
YAIDXP (my.gov.uz)
Yuborilgan ma’lumotlarni soliq organining mas’ul xodimi 2 ish kunida soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida o‘rganadi va soliq imtiyozini qo‘llash yoki uni rad etish to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiradi.
Soliq organining tegishli xulosasi 1 ish kuni ichida Elektron soliq xizmatlari portali orqali jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti yoxud YAIDXPga yuboriladi.
Murojaat qaytarilgan taqdirda, jismoniy shaxs rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta murojaat qilishga haqli.
Bunda murojaat mazkur Reglament talablari asosida takroran ko‘rib chiqiladi.