IIV YHXB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 5 may kuni soat 09:05 atrofida “Yangihaёt” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 85V-043 avtomobil yo‘lida yuz bergan.
34 yoshli G.K. boshqaruvidagi Matiz avtomashinasi ehtiёtsizlik oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi shifoxonada vafot etgan.
Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar bola turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasida haydovchining uch oylik farzandi ham bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ayolda transport vositasini boshqarish uchun ruxsat beruvchi hujjat va yetarli tajriba bo‘lmagan. U xususiy oilaviy bog‘cha rahbari ekani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.