Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.D. “E.I.” MChJ rahbari D.M.ning ishonchiga kirib, MChJning 608 mln so‘mlik soliq qarzdorligini sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi O.A. orqali yo‘q qilib berishini va’da qilib, 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda O.A. 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.