Mehmonxona Yakkasaroy tumani Qushbegi ko'chasida joylashgan bo'lib, 75 xona va 150 o'ringa mo'ljallangan. Sertifikatlashtirish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'lib, avvalo tashkilotda yuqori yoki o'rta bo'g'inda faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimi xavfsiz xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kurslarida ta'lim olishi va yakuniy testdan o'tishi, keyin esa tashkilotda OʻzDSt37.001 “Turistik industriya ob'ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko'rsatishga doir tavsiyalar” davlat standarti talablarini joriy qilgan holda sertifikatlashtirish uchun ariza topshirilishi lozim. Ta'lim olish va sertifikatlashtirish onlayn tarzda, http://safetravel.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi. Ta'kidlash lozimki, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi turizm industriyasining barcha ob'ektlarida sanitar-gigienik xavfsiz xizmat ko'rsatishni nazarda tutadi. Bunda sayyohlar aeroport yoki vokzalga kelib tushganidan so'ng ularni kutib olish, transfer, joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari, madaniy, tarixiy, ziyorat va ko'ngilochar ob'ektlarda bo'lishlarida xavfsiz xizmat ko'rsatiladi. Mazkur ob'ektlarning barchasi xavfsiz turistik xizmatlar ko'rsatish bo'yicha sertifikatlashtirishdan o'tishi mumkin.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi bo'yicha ilk mehmonxonaga sertifikat berildi
Xavfsiz turizm xizmatlarini ko'rsatish orqali sayyohlar salomatligini ta'minlashga qaratilgan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida tadbirkorlik sub'ektlariga qarashli turizm industriyasi ob'ektlarida sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahrida joylashgan “Qushbegi Plaza Hotel” mehmonxonasi birinchilardan bo'lib xavfsiz turizm xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha sertifikatlashtirishdan o'tdi.
Dunyo bozorida kömir narxi bir tonna uçun 145 dollargaça kötarildi
- Samarqand tumanida “JETOUR X70” avtomobilida yonğin sodir böldi
- Muallifda gap köp
- Özbekiston Sarmişsoy petrogliflarini YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun nominatsiya tayyorlamoqda
- Avtomobil dvigateli porşeni içiga yaşirilgan narkotiklar foş etildi
- 2083-yilga borib odamsimon robotlar odamlar sonidan oşişi mumkin
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi