Banklarda xorijdan jalb qilingan 1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turgani tanqid qilindi
Yil yakunigacha bu mablagʻlardan toʻliq foydalanib, loyihalarni amalga oshirish topshirildi.
Yil yakunigacha bu mablagʻlardan toʻliq foydalanib, loyihalarni amalga oshirish topshirildi.
Soʻnggi ikki yilda chetdan kelgan, biroq haligacha oʻrnatilmagan 183 million dollarlik uskunalarni toʻliq ishga tushirish zarurligi qayd etildi.
Prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.
Yangi qurilish loyihalarida tadbirkorlar elektr va gaz taʼminotiga ulanishi uchun texnik shartlar olish tizimini raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.
Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi masala – qurilish va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Joriy yilda hududiy korxonalarda 164 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, oʻsish 8,6 foizni tashkil qildi.
Oʻtgan yili tadbirkorlarga 90 trillion soʻm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.
Yil boshidan 67 ta tumanda tushum 1,5 karra oshdi. Masalan, Baxmal, Jalaquduq, Forish, Qoʻrgʻontepa va Guliston tumanlarida oʻsish 2 baravar boʻlgan.
Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash boʻyicha “Gʻijduvon tajribasi” asosida tuman hokimlariga yil yakuniga qadar 1 mingta mahallada vertikal oʻsadigan sanoat binolarini tashkil qi...