Xususan, rasmiy kurs birja va birjadan tashqari tuzilgan bitimlarning oʻrtacha tortilgan kursi asosida shakllantiriladi.
Bu esa rasmiy almashuv kursini hisoblashda ichki valyuta bozoridagi bitimlarni kengroq qamrab olish va bozor holatini yanada aniq aks ettirish imkonini beradi.
Shuningdek, dam olish kunlari, shu jumladan shanba va yakshanba kunlari uchun oxirgi ish kuni bo‘yicha rasmiy eʼlon qilingan kurslardan foydalanish amaliyotiga oʻtiladi.