Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta koʻrib chiqish topshirildi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, koʻp bolalilik va oila aʼzosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan koʻp oʻlchovli baholash tizimiga oʻtiladi.
Respublikada kambagʻallik darajasi 3,9 foizga tushgan boʻlsada, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur koʻrsatkich oʻrtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yoʻlga qoʻyamiz, – dedi Prezidentimiz.