Tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi, 1988 va 1995 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro 1 kg 971 gr “gashish” moddasini shartli xaridorga 18 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qo‘lga olish jarayonida narkosavdogarlar tezkor xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lishdi.

Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.