«Özbekgidroenergo» AJ tomonidan amalga oşirilgan loyiha doirasida Rabat, Çappasuy va Tamşuş GESlari işga tuşirildi. Mazkur stansiyalar Oqsuv daryosining gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalaniş va hudud energetika infratuzilmasini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Jumladan, Rabat GESining quvvati 6,2 MVt, Çappasuy GESiniki 7,5 MVt, Tamşuş GESiniki esa 10,3 MVtni taşkil etadi.
Yangi GESlar kaskadida yiliga örtaça 105,1 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş rejalaştirilgan. Bu orqali yiliga qariyb 31,5 million kub metr tabiiy gaz hamda 45–50 ming tonna kömirni tejaş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, loyiha anʼanaviy yoqilği resurslariga bölgan ehtiyojni kamaytiriş, atmosferaga çiqariladigan zararli moddalar miqdorini qisqartiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytirişga xizmat qiladi.
Maʼlum qilinişiça, yangi gidroelektr stansiyalari yiliga qariyb 44 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaş imkoniyatiga ega.