Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa soat 19:05 da Qibray tumanida joylashgan stansiyada sodir bo‘lgan. Natijada himoya tizimi ishga tushib, stansiya quvvati 460 MVtdan 185 Mvtgacha kamaygan.
Buning oqibatida Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtincha uzilish kuzatilgan.
Tezkor choralar natijasida soat 19:09 da Yunusobod va Olmazor tumanlarida elektr taʼminoti qisman tiklangan. Soat 19:25 da zaxira manbalari orqali taʼminot to‘liq tiklangan. Soat 19:38 ga kelib esa barcha isteʼmolchilar elektr energiyasi bilan taʼminlangan.
Hodisa videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.
Energetika vazirligi fuqarolarni elektr stansiyalari, podstansiyalar va boshqa elektr qurilmalari yaqinida havoga shar uchirmaslikka chaqirdi. Bunday holatlar elektr taʼminotida uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin.