Buning muhim jihati shundaki, O‘zbekiston sharoitida shamol elektr stansiyalari yiliga o‘rtacha 3 200 soat to‘liq quvvatda ishlashi mumkin. Quyosh elektr stansiyalarida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 2 300 soatni tashkil etadi.
Demak, bir xil 1 MVt quvvatga ega shamol va quyosh elektr stansiyalari taqqoslanganda, shamol stansiyasi yil davomida taxminan 1,4 barobar ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.
Shu tariqa, shamol energetikasi yuqori yillik ishlab chiqarish salohiyati va yangi quvvatlarning ishga tushirilishi hisobiga O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarkibida yetakchi o‘rinni egallashi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibini diversifikatsiya qilishda muhim omilga aylanishi kutilmoqda.