Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga o‘tkazilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.
Prokuratura tomonidan jinoyat ishi har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilinishi hamda voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanadi.
Jinoyatga aloqadorligi, uning holatlarini yashirish yoki mas’ul shaxslarning harakatsizligi bilan bog‘liq har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.
Tergov natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.