Içki işlar vazirligi xabar berişiça, «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti, uning hududiy bölinmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Natijada uyuşgan jinoiy guruh yetakçisi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan Umid Abdurahimov (laqabi — «Dolya») hamda uning şeriklari — muqaddam 168-modda bilan sudlangan Izzat Yöldoşev (laqabi — «Skar»), Rustam Ziyayev (laqabi — «Tuz») va muqaddam 169, 226 hamda 277-moddalar bilan sudlangan «Dodi» laqabli Davron Abdurahimov qölga olingan.

Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, joriy yil sentyabr oyida özaro taniş bölgan ikki fuqaro pul masalasida kelişuvga erişgan. 1989-yilda tuğilgan şaxs şerigiga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun bir yil muddatga 11 ming AQŞ dollari qarz bergan.

Uşbu pul oldi-berdisidan xabar topgan jinoiy guruh aʼzolari oradan bir oy ötib, noyabr oyida ularning munosabatiga aralaşgan. Ular qarz olgan fuqaroni kuç işlatiş va qörqitiş orqali tahdid qilib, qarz bergan şaxsga tegişli 11 ming AQŞ dollarini qölga kiritgan.

Biroq pul egasiga qaytarilmagan. Jinoiy guruh aʼzolari mablağni özlaştirib, şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Içki işlar vazirligi maʼlumotlariga köra, guruh aʼzolari fuqarolarning yoşi, jinsi va ijtimoiy ahvolini tanlamasdan, turli masalalar bahonasida ularga bosim ötkazgan.

Jumladan, telefon savdosi, oylik iş haqi, avtomobil oldi-sotdisi va işlab topilgan pulni undirib beriş kabi holatlarda tahdid, qörqitiş, tovlamaçilik va zöravonlik orqali millionlab pul mablağlarini talab qilişgan. Jabrlanuvçilarni esa bu haqda heç kimga bildirmaslikka majburlaşgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Vazirlik uşbu jinoiy guruh aʼzolarining tovlamaçilik, zöravonlik va tahdidlari oqibatida jabr körgan fuqarolarni içki işlar organlariga murojaat qilişga çaqirdi.

Qayd etilişiça, barça murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqiladi, qonuniy çoralar köriladi va murojaat qiluvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.