Qişloq xöjaligi vazirligi uşbu savollarga munosabat bildirib, 5 million tonnadan ortiq hosil yiğilgani barça dalalarda terim yakunlanganini anglatmasligini taʼkidladi.
Vazirlik maʼlumotlariga köra, 13-noyabr holatiga mavsum boşidan buyon 5 million 47 ming 95 tonna paxta tayyorlangan. Bu belgilangan 4,5 million tonnalik şartnomaviy hajmning 112,2 foizini taşkil etadi. Şu kuni kunlik hisobotda yana 2 ming 899 tonna paxta qayd etilgan.
Ayrim dalalarda paxta qolib ketgani hosil hisobotiga şubha tuğdiradimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda ayrim maydonlarda hali paxta borligi körsatilgan. Bu esa respublika böyiça eʼlon qilingan hosil körsatkiçlari haqqoniyligi yuzasidan savollarni keltirib çiqargan.
Vazirlikning izohlaşiça, muayyan sanaga qadar yiğilgan jami hosil bilan barça dalalarda terimning yakunlanişi bir xil tuşunça emas. Mamlakat böyiça belgilangan marraga erişilgani har bir maydonda terim tugaganini bildirmaydi.
Jumladan, 12-oktyabr holatiga 3,4 million tonna, 22-oktyabrda esa 4 million 630 ming tonna paxta yiğilgani maʼlum qilingan. Prezidentning 4-noyabrdagi tabrigida 5 million tonnadan ziyod hosil yetiştirilgani eʼtirof etilgan. 13-noyabrdagi hisobotda esa uşbu körsatkiç 5 million 47 ming 95 tonnaga yetgan.
Vazirlik Buxoro viloyati misolida ham izoh bergan. Unga köra, hududda mavsum boşidan 530 ming 677 tonna paxta tayyorlangan. Bu dastlab belgilangan 442 ming tonnalik körsatkiçdan 88 ming 677 tonnaga köp. Demak, 5 million tonnadan oşganidan keyin ham hududlarda paxta terimi va qabul qiliş jarayonlari davom etmoqda.
Nega ayrim dalalarda terim keçikmoqda?
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim videolavhalarda ğöza barglari va kösaklari hali yaşil holatda ekaniga ham eʼtibor qaratgan.
Qayd etilişiça, bu ğözani erta pişiriş agrotexnologiyasiga amal qilinmagani yoki çigit keç ekilgani bilan boğliq bölişi mumkin. Ayrim maydonlarda buğdoydan keyin takroriy ekin sifatida paxta yetiştirilgani ham inobatga olinişi lozim.
Xususan, 11-noyabrda tasvirga olingan videolavhada ğözada yaşil kösaklar va barglar saqlanib qolgani körinadi. Vazirlik bu holat ğözaning pişişini tezlaştiriş va defoliatsiyaga oid agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilmagan bölişi mumkinligini bildirgan. Bunda «Etefon» va «Avguron» preparatlari bilan işlov beriş ham muhim ahamiyatga ega.
Vazirlikning taʼkidlaşiça, paxtaçilikda yuqori hosildorlikka erişiş böyiça sakkizta muhim qoida işlab çiqilib, fermerlarga yetkazilgan. Biroq agrotexnologiyalar öz vaqtida va töğri qöllanilgandagina samara beradi.
Şu bilan birga, havo harorati va yoğingarçilik şaroiti yomonlaşişi, oğir texnikalarning dalaga kirişi qiyinlaşişi hamda terimçilar yetişmasligi ayrim maydonlarda hosilni yiğib olişni murakkablaştirmoqda.
Paxta bir neça marta hisobga olinişi mumkinmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan yana bir masala — paxta taşuvçi tirkamalarning taroziga bir neça marta kirişi aks etgan videolavhalardir. Ayrim foydalanuvçilar bu holatni paxta hajmini sunʼiy ravişda köpaytiriş ehtimoli bilan boğlamoqda.
Vazirlikning tuşuntirişiça, bir tirkamaning taroziga bir neça marta kirganini aks ettiruvçi video bir xil yuk yoki paxta hajmi hisobga takroran qöşilganini isbotlamaydi. Qabul punktiga yaqin dalalardan hosil taşilganda transport vositalarining qayta-qayta qatnaşişi tabiiy holat. Bunda har bir yuk alohida tortiladi va tegişli elektron hujjatlar rasmiylaştiriladi.
Maʼlum qilinişiça, paxtani qabul qiliş va hisobga oliş jarayoni elektron tizimlar orqali yuritiladi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-sentyabrdagi 573-son qarori bilan «Agrotarozi», «Hosil qabuli» va «AgroDoks» axborot tizimlari orqali elektron hisob yuritiş tartibi joriy etilgan.
Unga köra, paxta har bir ekin maydonining aniq kontur raqamiga boğlangan holda qabul qilinadi. Mahsulot elektron tarozida real vaqt rejimida tortiladi, maʼlumotlar tegişli axborot tizimlariga kiritiladi.
Şuningdek, har bir yuk böyiça PK-17 yuk xati va hisobvaraq-faktura paxtani topşiruvçi hamda qabul qiluvçining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Uşbu hujjatlar mahsulot miqdori, uni yetkazib beriş va moliyaviy hisob-kitoblarni rasmiy qayd etişga xizmat qiladi.
Vazirlikning qayd etişiça, elektron hujjatlar soliq organlarining axborot tizimlariga ham uzatiladi. Rasmiylaştirilgan hisobvaraq-fakturalar asosida terib olingan har bir kilogramm paxta uçun davlat subsidiyasi ajratiş mexanizmi ham amal qiladi.
Fermerlarning paxta puli bilan boğliq murojaatlari ham eʼtiborda
Vazirlik paxta uçun haq va terim puli keçikayotgani haqidagi murojaatlarga ham munosabat bildirgan.
Taʼkidlanişiça, har bir fermer topşirgan mahsuloti, har bir terimçi esa bajargan işi uçun öz vaqtida haq olişi muhim. Biroq hosil hajmi va tölov intizomi alohida masalalar hisoblanadi.
Şuningdek, ayrim fermerlarning avvalgi yillardan töplangan qarzlari mavjudligi, ularning yuqori hosildorlik hisobiga qarzlarini bosqiçma-bosqiç qoplayotgani qayd etilgan.
Vazirlikning fikriça, muayyan hududdagi tölov nizosi respublika böyiça tayyorlangan umumiy paxta hajmining haqqoniyligini inkor etmaydi. Şu bilan birga, umumiy hosil körsatkiçlari ham alohida xöjaliklardagi tölov muammolarini rad etmaydi. Bunday holatlarning har biri alohida örganilişi lozim.
Qişloq xöjaligi vazirligi paxta hisobiga oid bahslarda taxmin va gumonlardan köra, elektron qaydlar, rasmiy hujjatlar va aniq dalillarga tayaniş zarurligini taʼkidlagan.