Lekin bu gal köpçilik mavsum qaçon boşlanib, qaçon paxta terilayotganini payqamay ham qoldi. Şaxsan özimdan bir neça kişi “Paxta terilyaptimi özi, dalalarga paxta ekilganmi?” deb söradi.
Çunki biror joyda paxta terayotgan odamga közimiz tuşmadi hisob. Özaro suhbatlarda ham bu mavzuda biror gap-söz yöq. Qiziq, esimni taniganimdan buyon paxta terimi mavsumi ilk bor şunday ötyapti. Boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari kabi paxta ekildi, pişib yetildi, terilyapti — aslida, mana şu oddiy hol va buning uçun butun xalqni bezovta qilmasa ham bölarkan!
Terim natijalari esa kunma-kun internet tarmoqlari orqali eʼlon qilib turilibdi. Şu yilning 20-oktyabrida mamlakatimizda qariyb 4,5 million tonna paxta terib olinib, bir oy bölmasdan belgilangan şartnomaviy hajmning 99,98 foizi bajarilgani, oradan ikki kun ötib bu natija 100 foizdan oşganini körib, “Qoyilman-e!” deb yuborgandim. Xabarni öqiganimda, xorijiy davlatda bölganim uçunmi, bundan faxrlanib ham ketdim. Yonimda oltmiş yoşdan oşgan ammam bor edi, darhol bu haqida unga aytganimni bilaman, “Bizda hali ham paxta ekiladimi?” desa böladimi! Bir tomondan xursand böldim, odamlar paxta terimini unutib ham qöyadigan kunlarda yaşayotganimiz, oldingidek bu barça safarbar etiladigan qora mehnatdan dehqonçilikning bir qismiga aylangani yaxşi natija. Keyin ammam qöşimça qilib, “Hozir heç kim terimga çiqmaydi şekilli, bizning davrimizda terim boşlanişi bilan daladan beri kelmasdik, öqişni ham yiğiştirib qöyardik”, dedi. Baʼzan bir nimalardan nolib turadigan ammamga darrov “Ana kördingizmi, bu yurtimizdagi özgarişlarning bir körinişi, xolos. Buni ham inkor etasizmi”, deb qöygandim, “Yöq, bu rostdan ham katta özgariş”, deb tan oldi.
* * *
Oradan köp ötmay, raqamlar yanada kattalaşdi. Şu yilning 4-noyabr kuni rekord natija — yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xirmoni bunyod etilgani eʼlon qilindi. Davlatimiz rahbari Özbekiston dehqon va fermerlari hamda barça qişloq xöjaligi xodimlarini uşbu yuksak natija bilan tabrikladi. “Albatta, sizlarning fidokorona mehnatingiz, jasorat va matonatingiz bilan qölga kiritilgan bu tarixiy ğalaba butun xalqimizning ğalabasi. Bu — paxtaçilik sohasidagi yangi Özbekiston möʼjizasidir”, deya eʼtirof etdi Prezidentimiz öz tabrigida.
Töğri, yangi Özbekistonda barça sohalarda tarixiy natijalar tez-tez qayd etilayotganiga örganib qoldik. Ammo paxta masalasi boşqa. Bu yaqin yillargaça eng oğriqli nuqtalarimizdan biri bölib kelgan. Yillar davomida qora terga botib, paxta dalalarida mehnat qilgan özbeklar hosilni gektariga 30-40 sentnerdan oşirolmagan. Rejani bajaraman deb to kuz boşidan dekabrgaça daladan çiqmasa-da, xirmonni bazör töldirgan dehqon va fermerlar bugun bir oy ötar-ötmasdan paxta hosilini ortiği bilan terib olgani bizni köproq hayratlantiryapti. Aksariyati gektaridan 70-80 sentner hosil oldi. Baʼzilari hosildorlikni 100 sentnerdan oşirdi.
Raqamlarni yanada aniqlaştirişimiz mumkin. Joriy yilgi mavsumda mamlakatimizdagi 4 mingdan ziyod fermer paxta hosildorligini örtaça 60-70 sentnerdan, 2,5 ming nafari esa 80 sentnerdan oşirgan bölsa, mingga yaqin fermer xöjaligi va klaster 100 sentnerli va undan ham yuqori marrani zabt etgan. Davlatimiz rahbari öz tabrigida Paxtakor tumanidagi Anorboy Eşmatov va Jarqörğon tumanidagi Uluğbek Söpiyev har gektar yerdan 110 sentnerdan hosil olganini alohida qayd etdi. Boşqa köplab ilğor fermerlar nomini ham tilga oldi.
Ana şunday qahramonlar haqida eşitganingda darrov ularning suhbatini olging keladi. Hammaniki qatori yer, suv, quyoş bölgan, barça kabi teng şaroitlardan foydalanayotgan bu fermerlar qanday qilib bunday yuqori hosildorlikka erişganiga qiziqdim. Paxta terimi avvalidayoq köplab fermerlarimiz 80 sentnerdan yuqori marrani közlayotganini aytgandi, ammo hosilni 110 sentnerdan oşiriş ança katta natija. Oradagi 20-30 sentner kiçik raqam emas va bu fermerning özi uçun ham kutilmagan natija bölsa kerak.
“Avvalo, 5 million tonnali paxta xirmoni yurtimiz hayotidagi juda katta tarixiy natija, — deydi Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Anvar A” fermer xöjaligi rahbari Anorboy aka Eşmatov. — Bunda barça dehqon, fermerlar, qişloq xöjaligi sohasi vakillarining hissasi bor. Sörasangiz, har biri gektaridan kamida 70 sentnerdan ziyod hosil oldi. Özimiz ham ğallaning har gektaridan 80 sentner, paxtadan 110 sentnerdan ortiq hosil yiğiştirib oldik. 1997-yildan buyon fermerlik bilan şuğullanaman, biroq heç qaçon bunday hosildorlikka erişmaganmiz. Bu yil haqiqatan hosildorlik ança yuqori böldi.
Mendan köpinça “Qanday qilib yurtimizda paxta va ğalla hosili birdaniga bunçalik oşdi, qanday möʼjiza röy berdi?” deb söraşadi. Ayniqsa, 110 sentnerli marrani zabt etganimizdan keyin bunday savollar yanada köpaydi. Çunki çetdan qaraganda bir möʼjiza röy bergandek körinadi — 30-40 sentnerdan oşirolmay yurgan fermerlar 100 sentnerdan yuqori hosil olyapti.
Albatta, buning ortida, avvalo, mehnat yotadi. Ammo mehnatning özi bilan iş bitmasligini mamlakatimizdagi haqiqiy holat yillar davomida körsatgan. Dehqonçilikni 1980-yillarda boşlagan vaqtim bilagi kuçga töla navqiron 22 yoşli yigit edim. Fermerlikni boşlaganimdan keyin ham işlab tinmasdim, biroq kunu tun ter tökib ham paxtadan köpi bilan 30-35 sentner hosil olardik. Öşa 35 sentner qayoqda-yu, hozirgi 70-100 sentner qayoqda?! Bu haqida gapirilsa, baʼzilarga ertakdek, ayrimlarga esa eriş tuyuladi. Ammo salkam bir asrdan buyon paxta yetiştirayotgan özbek xalqi 2017-yillargaça paxta hosilini 30-35 sentnerdan oşira olmagani tarixiy fakt emasmi?
Baʼzan bu natijalarning omillarini özim ham tahlil qilaman. Bu oddiy sir yoki öz-özidan bölgan möʼjiza emas. Şu soha odami sifatida ayta olamanki, bu natijalar zamirida yurtimiz qişloq xöjaligida keçayotgan qatʼiy va ulkan islohotlar yotibdi. Buni yanada detallaştirsak, qator muhim jihatlar yaqqol közga taşlanadi. Yaʼni mamlakat qişloq xöjaligini yangi bosqiçga olib çiqişda eng katta eʼtibor ilm-fan, ilğor texnologiyalar va tarmoq vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularga katta imtiyozlar berişga qaratildi. Sohada yillar davomida töplanib kelgan har bir muammoga aniq yeçimlar berildi. Işni rivojlantirişda har qanday imkoniyatdan foydalanişimiz uçun keng yöl oçildi.
Ilm haqida gapirsangiz, dalada ilmning nima keragi bor deydiganlar topiladi. Bir misol, biz yillar davomida özimizning mahalliy paxta navlarini özimiz odatlangan usulda ekardik. Natijada qança parvariş qilinmasin, katta hosil olinmagan. Hozir ilm-fan asosida yaratilib, dalada qöllanilayotgan yangi navlar, ekiş texnologiyalari hosildorlikni oşirişda asosiy omil bölmoqda.
Davlatimiz rahbari bir neça yil oldin Xitoyga taşrifi davomida ulardagi paxta yetiştiriş texnologiyasini örganiş, ekinning hosildor navlarini olib kelib, özimizda yetiştiriş topşiriğini bergandi. Şundan keyin köplab fermer xöjaliklari yangi biotexnologik navlarni ekişni boşladi va haqiqatan hosildorlik yuqori ekaniga guvoh böldik. Bu navlarning afzalliklaridan biri ekiş texnologiyasida. Yaʼni uşbu navlar 76 sxemaga qöşqator ekilyapti. Bunda köçat soni anʼanaviy usulda ekiladigan köçatlarga nisbatan 3 baravar köp böladi. Uşbu navlar şoxlamasdan, barglamasdan ösgani bois, köproq kösak soliş imkonini beradi. Kösak köp bölganidan keyin hosildorlik ham oşadi. Paxtani bu usulda ekib kam bölmadik, har 100 gektardan 14 gektar yerni iqtisod qildik. Hosildorlik ham katta böldi, buni natijalar körsatyapti. Asosiysi, paxtaning xorijiy navlari yerimizga yaxşi tuşdi, parvariş qulay ekan. Öz vaqtida suğorilib, parvariş qilinsa, kutganimizdan ham köproq hosil berarkan.
Suğoriş jarayonlarida tomçilatib suğoriş kabi ilğor texnologiyalarni keng qöllayapmiz. Albatta, bular katta mablağ turadi, avvalgi şaroit bölganida ularni sotib olişga qurbimiz yetmasdi. Hozir esa davlatning özi bu masalada bizni qöllab, imtiyozli kreditlar, subsidiya va lizinglar ajrayotgani yuqori hosildorlikning yana bir siri. Yer çopiş, yagana qiliş kabi agrotadbirlarga deyarli hojat qolmagan. Suv ham, öğit ham tomçilatib suğoriş orqali beriladi, işçi kuçi kerak bölmaydi. Baʼzi fermerlarning yer maydonlarida kimyoviy dorilarni dronlar sepyapti. Paxta hosilimizning katta qismini esa terim maşinalari teryapti.
Hozir fermer xöjaligimizda önlab texnika bor. Gap oddiy iş qurollari haqida bormayapti, manaman degan davlatlarning eng qimmat, zamonaviy texnikasini olib işlatyapmiz. Bu yilgi mavsumda şu kungaça paxtadan 570 tonna hosil oldik — bir kilogrammi ham qölda terilmadi, hammasini eng zamonaviy paxta teriş maşinalarida yiğiştirib oldik. Avvallari paxtani qölda terib, dekabr oyida ham dalada terimda bölardik. Qöllarimiz qavarib, yoğingarçilikka qolib, qançadan qança hosil nes-nobud bölgani keçagidek köz oldimizda. Agar oldingi vaziyat bölganida hozirgaça paxtaning yarmini ham terib olmagan bölardik. Bugun yuqori unumli texnika fermerning işini osonlaştirib, paxtani tez va sifatli terib olişga xizmat qilyapti. Bir oyga yetib yetmasdan tumanimiz ham, viloyatimiz ham paxtani töliq terib oldi. Bu yil viloyatimizda 70 ming gektar maydonda 400 ming tonnadan ziyod paxta yetiştirildi. Bu ham fermerlarimizning juda katta ğalabasi, qolaversa, mana şu natijalarga erişişimiz uçun yaratib berilgan şaroit, imkoniyatlar mahsuli.
Joriy yildan fermerlarga yana bir imkoniyat yaratildi — kredit olmasdan spot şartnomasi böyiça işladik. Bu mexanizmning afzalligi — öz pulingizga özingiz egalik qilasiz, sarflarni nazorat qilasiz, eng qiziği, qilingan xarajatning 10 foizi fermerga davlat tomonidan subsidiya tarzida qaytarib beriladi. Pullar öz vaqtida taşlab berilyapti, fermer mehnatining rohatini köryapti, öz pulini ololmasdan sarson yugurib yurmayapti. Bu ham bizni yanada köproq işlaşga, qöşimça iş örinlari yaratişga rağbatlantiradi.
Bu yilgi hosildan fermerlarimiz juda xursand, köngli tölgan. 5 million tonnalik hosil dehqon va fermerlarimizning yurtimiz rivojiga qöşgan munosib hissasi deb hisoblayman. Daromadi ham şunga yaraşa böladi. Davlatimiz rahbari öz tabrigida bunga alohida urğu berib, bu yil fermerlarimiz paxtadan 13-14 trillion söm sof foyda olişi kutilayotganini taʼkidlagani bejiz emas. Avvallari faqat paxta rejasi haqida gapirilib, fermerning mehnati mahsuli bilan birovning işi bölmasdi. Bugun har qanday natija ortida inson qadri turganini ana şunday kiçik detallarda his qilamiz. Bugun katta xirmon ortida, avvalo, dehqon va fermerlarimizning daromadi ortişi, odamlarning farovonligi yanada oşişi közlanayotgani bizni yanada quvontiradi”.
* * *
Ammam bilan suhbatimiz ançagaça çözildi. Paxta dalalarida ötgan bolaligi (agar bolalik deya olsa), paxta desa bezib qolgan kezlari, rejani bajariş uçun paxta orasiga solib yuborilgan toşlar, börttirib körsatilgan raqamlar ortidagi qinğirliklar, yomğir-qorda ivib paxta terişgani, baʼzan heç narsa qolmagan maydonlarda kösaklar orasidan paxta izlaşgani, eng açinarlisi, buni odatiy hol deb qabul qilişga majbur bölinganini hikoya qilib berdi. Hammasini kulib aytdi, ammo iç-içidan qandaydir zarda sezilib turardi.
“Mehnat bilan odam ölmaydi”, derdi buvim rahmatli. Töğri, paxta tergan odamlar ölmagan bölişi mumkin, ammo azob-uqubat va oxir-oqibatda “özbek işi” degan oğir kunlarni olib kelgan paxta terimi insonlar hayotini, bolaligini, soğliğini öğirlagani bor gap. Açinarlisi, insonlar mehnatiga yaraşa haq ololmagan, aksinça, rejani bajarolmasdan quruq tuhmatga, katta savdolarga qolganlar qança. Baʼzan paxta terimini ijobiy xotiralar bilan eslaydiganlar topiladi kattalar orasida. Ammo ularning heç biri öz farzandini paxta dalasiga çiqarişni aslo istamaydi.
Çiqarmasin ham. Endi paxta terimini faqat şunday eslaylik. Aslida, bugun daromad topişni istaganlar ham paxta terimiga çiqa olmayapti. Çunki jarayon deyarli töliq mexanizatsiyalaşdi, xuddi rivojlangan davlatlardagi kabi bizda ham endi paxtani faqat terim maşinalari yiğib olyapti. Ularning har biri bir neça önlab inson örnini bosadi, katta vaqt va xarajatni tejaydi.
Bundan ön yil oldin şular haqida gapirilsa, birov işonmasdi, islohotlarga şubha bilan qaraganlar qança. Mana, bugun “Özi bizda paxta terilyaptimi?” deb sörayapti odamlar. Ayniqsa, bu yilgi natijalar qilinayotgan işlar samarasini yaqqol körsatdi. Odamlarni yoppasiga terimga jalb qilmasdan turib ham paxtadan bir neça barobar yuqori hosil oliş mumkinligini yangi Özbekiston tajribasi butun dunyoga namoyon eta oldi.
Iroda TOŞMATOVA,
“Yangi Özbekiston” muxbiri