Vazirlik maʼlumotiga köra, 2026-yilda respublika böyiça 1,5 million tonna piyoz yetiştiriş rejalaştirilgan. Bu aholining tibbiy meʼyorlar asosidagi isteʼmol talabidan 400 ming tonna yoki 35 foizga köp.
Xususan, Surxondaryo viloyatida joriy yilning dastlabki 9 oyida 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Uning 120 ming tonnasi aholi isteʼmoliga yönaltirilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi esa mamlakatning boşqa hududlariga yetkazib berilgan.
Biroq hududda piyoz yetiştiriş mavsumiy xususiyatga ega. Viloyatning tuproq-iqlim şaroiti tufayli asosiy hosil aprel–may oylarida yetiştiriladi. Kuzda ekiladigan keçki piyoz esa yozgi yuqori harorat taʼsiri sababli katta maydonlarda kam yetiştiriladi.
Hozirda 2026-yil hosilidan olingan piyoz dalalarda qolmagan. Şu bois Surxondaryo bozorlaridagi talabni qondiriş uçun Jizzax va Samarqand viloyatlaridan mahsulot olib kelinmoqda.
Vazirlik keltirgan maʼlumotlarga köra, Jizzax va Samarqanddan Surxondaryoga bir kilogramm mahsulotni yetkazib beriş xarajati 350–370 sömni taşkil etmoqda. Masalan, 20 tonna piyozni taşiş uçun 7 million sömgaça, 10 tonna mahsulot uçun esa 3,8–4 million sömgaça sarflanadi.
Ayni paytda Jizzax viloyatida piyozning bir kilogrammi dehqonlardan 2 600–3 300 sömdan, Samarqandda esa 2 800–3 000 sömdan xarid qilinmoqda.
Taşiş xarajatlari qöşilganda, tadbirkorlar uçun mahsulotning yetkazib beriş tannarxi Jizzaxdan keltirilganda 2 950–3 650 söm, Samarqanddan keltirilganda 3 150–3 350 sömni taşkil etmoqda. Denov tumanigaça yetkazişda esa bu körsatkiç 3 400–3 500 sömga yetadi.
Natijada Surxondaryo bozorlarida piyozning çakana narxi bir kilogramm uçun 4 000–4 500 söm atrofida şakllangan.
Vazirlik tahlillariga köra, mahsulotning xarid va yetkazib beriş tannarxi bilan bozordagi sotuv narxi örtasida sezilarli tafovut bor.
Masalan, piyoz dehqondan 3 300 sömdan xarid qilinib, 350 söm transport xarajati bilan bozorga olib kelinsa, uning tannarxi 3 650 söm böladi. Mahsulot 4 000 sömdan sotilganda farq 350 sömni yoki 9,6 foizni taşkil etadi.
Boşqa holatda esa dehqondan 2 600 sömdan olingan piyoz 350 söm transport xarajati bilan 2 950 sömga tuşadi. Agar u bozorda 4 500 sömdan sotilsa, örtadagi farq 1 550 söm yoki tannarxga nisbatan 52,5 foiz böladi.
Vazirlik bu holatda olib-sotar tadbirkorlarning savdo marjasi 25–50 foizgaça yetayotganini ham narx şakllanişiga taʼsir qiluvçi omillardan biri sifatida körsatgan.
Vazirlik hisob-kitoblariga köra, 2026-yilda bir gektar maydonda piyoz yetiştiriş uçun örtaça 65,5 million söm sarflanadi. Bunda gektaridan 35 tonna hosil olinişi hisobga olingan.
Bir tonna piyozning yetiştiriş tannarxi örtaça 1 million 870 ming sömni taşkil etadi.
Xarajatlarning asosiy qismi iş haqi va qöşimça tölovlarga töğri keladi. Buning uçun 26,5 million söm yoki umumiy xarajatlarning 40,5 foizi sarflanadi. Mineral öğitlar va kimyoviy himoya vositalariga 15,8 million söm, uruğlik va köçatlarga 9,6 million söm ajratiladi.
Vazirlik maʼlum qilişiça, 2026–2027-yillar qiş-bahor mavsumi uçun respublika böyiça 102,8 ming tonna piyoz zaxirasini şakllantiriş işlari olib borilmoqda. Şundan 2 750 tonnasi Surxondaryo viloyati hissasiga töğri keladi.
Zaxiradagi mahsulotlarni içki bozorga çiqariş va maxsus savdo rastalari orqali arzonlaştirilgan narxlarda sotiş imkoniyati ham mavjud. Bu çoralar bozorda narxlar barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan.
Qişloq xöjaligi vazirligi piyoz narxiga mahsulot yetiştirişning mavsumiy xususiyati, boşqa hududlardan taşiş xarajatlari, yoqilği-moylaş materiallari narxi va logistika xizmatlari qiymati taʼsir qilayotganini taʼkidlagan.
Şuningdek, aholi orasida piyozni hozirdan köproq xarid qilib, ğamlab qöyiş kayfiyati ham talabning ortişiga sabab bölayotgani qayd etilgan. Vazirlik mahsulotni qimmatroq sotiş maqsadida bozorga çiqarmasdan saqlab turişga undovçi holatlar iqtisodiy jihatdan özini oqlamasligini bildirgan. Çunki uzoq saqlangan piyoz vaznini yöqotişi va sifati buzilişi mumkin.