Xususan, poytaxtdagi 42, 56, 74, 84, 120, 169, 174 va 177-sonli avtobus yönalişlari alohida nazoratga olingan.

6 kunda — 2 152 ta qoidabuzarlik aniqlandi

2026-yil 28-oktabrdan 2-noyabrga qadar mazkur yönalişlarda ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan jami 2 152 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.

Qoidabuzarliklar tahliliga köra, eng köp holatlar:

174-yönalişda — 291 ta;

120-yönalişda — 286 ta;

56-yönalişda — 284 ta;

169-yönalişda — 284 ta maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.

Nazorat davrida ayrim yönalişlarda yölovçilar oqimida ham sezilarli ösiş kuzatildi. Xususan, 2-noyabr kuni 28-oktyabr bilan taqqoslaganda, 174-yönalişda taşilgan yölovçilar soni 1 692 nafarga yoki 32,4 foizga, 56-yönalişda esa 1 256 nafarga yoki 13,9 foizga oşgan.

Şuningdek, olti kun davomida mazkur 8 ta avtobus yönalişida jami 326 453 nafar yölovçi taşilib, 6 501 ta qatnov amalga oşirilgan.