Toşkentda aholi jon boşiga töğri keladigan real daromadlar 13 foizga oşdi — bu respublika böyiça örtaça 6,2 foizlik körsatkiçdan ikki barobardan ham yuqoridir.

Bu natijalar ortida tadbirkorlar va poytaxt aholisining mehnati hamda şahar jamoasining izçil faoliyati mujassam. Avvalgi yillarda boşlangan loyihalar aniq natijalar bermoqda va bu Milliy statistika qömitasi maʼlumotlarida ham öz aksini topmoqda.

Iqtisodiyot bilan birga toşkentliklarning munosib iş örinlari, barqaror daromad, sifatli infratuzilma va qulay şahar muhitiga bölgan asosli talab va umidlari ham ortib bormoqda.

Işlar davom etmoqda. Asosiy vazifa — iqtisodiy ösiş toşkentliklarning kundalik hayotida yanada sezilarli aks etişini taʼminlaş va har bir oila uçun köproq imkoniyatlar oçişdan iborat.