Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Bu voqea kompaniya loyihalaridagi xonadonlar mijozlariga vaʼda qilingan (şartnomada körsatilgan) muddatlarda topşirilmagani ortidan muammolar yuzaga kelişi fonida bölmoqda.

1-noyabr kuni Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şohköçasida joylaşgan "Imarat Development" masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan JKning 168-moddasi va 192-prim 11-moddasi bilan jinoyat işi qözğatgandi.

Toşkent şahar IIBBning Kun.uzʼga maʼlum qilişiça, jinoyat işi doirasida M.H. va J.A. Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangan.

Maʼlumot uçun, JPKning 227-moddasiga köra suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning uşlab turiş, gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qiliş haqidagi qarori asosida içki işlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organ xodimi uşlangan şaxsni eng yaqin içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga darhol olib borişi şart.

Mojaro tarixi

Mazkur quruvçi kompaniya atrofidagi mojaro ötgan yili boşlangandi.

2025-yil iyul oyida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanidagi Sergeli City turar joy majmuasi qurilişida qoidabuzarliklar aniqlangandi. Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi maʼlumotlariga köra, beşta blokdagi (A9, A10, A11, D1 va D2) işlar zarur davlat röyxatidan ötmasdan olib borilgan. Bundan taşqari, mutaxassislar beton ustunlarda böşliqlar, poydevor ostida suv töplanişi va loyihada közda tutilgan drenaj tizimi yöqligini aniqlagan.

Inspeksiya qoidabuzarliklarni bartaraf etiş töğrisida körsatma bergan va körsatilgan bloklar qurilişini vaqtinça töxtatgan. Özini loyiha asosçisi sifatida taniştirgan tadbirkor Marat Hamdamov bunga javoban işlar butunlay töxtatilmagani, balki vaqtinça töxtatib turilganini va kompaniya qonun doirasida harakat qilayotganini taʼkidlagan.

Kun.uz saytida eʼlon qilingan videoreportajlarda esa murojaatçilar bir neça oy davomida öz mablağlarini qaytarib olişga erişa olmaganini aytib berişgandi.

Xaridorlar mijozlarni jalb qiliş uçun ijtimoiy tarmoqlarda maşhur blogerlar iştirokidagi keng kölamli reklama kampaniyasi orqali amalga oşirilganiga eʼtibor qaratgan. Reklama roliklarida fuqarolarga dastlabki tölovsiz yoki minimal miqdordagi tölov bilan qulay şartlarda bölib tölaş imkoniyatiga ega arzon uy-joylar vaʼda qilinadi.

Xaridorlarning eʼtirozlaridan biri – geografik manzil notöğri körsatilgani bilan boğliq: sotuv menejerlari turar joy majmualarini Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida qurilayotgan loyihani Toşkent şahrining Sergeli va Yangihayot tumanlarida, Parkent tumanida qurilayotgan köp qavatli uyni Yangi Toşkent şahrida qurilayotgan obyektlar sifatida taqdim etgan.

Bundan taşqari, vaʼda qilingan köp qavatli majmualar qurilişi rejalaştirilgan joylarda işlar juda sekin olib borilgan yoki quriliş kotlovan bosqiçida qolib ketgan.

Şuningdek, xaridorlarda quruvçida quriliş va obyektlarni yagona elektron reyestrda röyxatdan ötkaziş uçun zarur bölgan barça hujjatlar mavjudligiga şubha paydo bölgan.

Haqiqiy vaziyatdan xabar topgan mijozlar şartnomani bekor qilişga urinişganida, kompaniya jarima va penya qöllagan, tölov muddatlari doimiy ravişda keçiktiriladigan kafolat xatlarini bergan, keyin esa moliyaviy qiyinçiliklarni rökaç qilib, pullarni qaytarişni butunlay töxtatib qöygan.

Sönggi kunlarda kompaniyaning Buyuk avlod köçasidagi boş ofisi oldida norozi fuqarolarning muntazam yiğilişlari ortidan Toşkent şahar IIBB tomonidan tekşiruv ötkazildi va jinoyat işi qözğatildi.