Fuqarolik gvardiyasi maʼlumotlariga köra, poyezdlar töqnaşuvidan söng hodisa joyida kamida törtta vagon ağdarilib ketgan.

Hodisa joyida yonğin-qutqaruv xizmatlari, Fuqarolik mudofaasi xodimlari va tibbiy brigadalarni öz içiga olgan favqulodda xizmatlar işlamoqda. Hodisa joyiga sanitariya vertolyotlari va köçma reanimatsiya guruhlari yuborilgan. Kastiliya-La-Mança hukumati mintaqaviy favqulodda vaziyatlar rejasini işga tuşirgan.

Madrid, Syudad-Real va Andalusiyani boğlovçi temir yöl uçastkasida poyezdlar harakati töxtatildi. Harakat qaçon tiklanişi hozirça maʼlum qilinmagan, deb xabar berdi Kazinform.

Fojia munosabati bilan Ispaniya hukumati rejalaştirilgan tadbirlarni bekor qildi. Ispaniya Xalq partiyasi va "Keng front" ham öz tadbirlari bekor qilinganini maʼlum qildi. Boş vazir Pedro Sançes transport vaziri bilan doimiy aloqada ekanini bildirib, jabrlanganlar va ularning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Halokatning kelib çiqiş sabablari aniqlanmoqda. Temir yöl kompaniyalari hozirça hodisa sabablari haqida qöşimça maʼlumot bermagan.