Özbekiston Taşqi işlar vazirligi maʼlum qilişiça, 27-oktyabr kuni internetda Tailand hukumati tomonidan 2026-yil 15-sentyabrdan joriy etilgan, Özbekiston fuqarolarining uşbu mamlakatga, jumladan, turistik maqsadlarda borişi uçun elektron viza rasmiylaştirişni nazarda tutuvçi qaror bekor qilinişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Vazirlikka köra, Özbekiston fuqarolarining Tailandga safarlarini yengillaştiriş maqsadida joriy yil may oyidan buyon faol diplomatik muzokaralar olib borilmoqda.
Xususan, Tailand Taşqi işlar vazirligi bilan töğridan-töğri muzokaralar natijasida ikki mamlakat örtasida vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaş böyiça kelişuvga erişilgan. Ayni paytda bitim matni Tailand tomonidan körib çiqilmoqda.
Şuningdek, özbekistonliklarning Tailand elektron vizasini rasmiylaştirişda duç kelayotgan muammolarini hal etiş böyiça işlar davom ettirilmoqda.
Özbekistonning Tailanddagi Boş konsulxonasi uşbu mamlakat Taşqi işlar vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi bilan muntazam uçraşuvlar ötkazmoqda. Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi esa Tailandning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi bilan hamkorlik qilmoqda.