Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvçi, 1993-y.t. şaxs töxtatilib, xolislar iştirokida tekşirildi. Natijada, uning yonida 3 dona kiçik hajmdagi idişlarda jami 257 gr gaşiş moyi borligi aniqlandi.Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaşaş manzilidan sof oğirligi 2 kg 831 gr bölgan gaşiş moyi va elektron torozi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, mazkur şaxsning internet narkodökonda işlaşi ham maʼlum böldi.
Bu yönalişda Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari ham viloyat Bojxona va Içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar ötkazişdi. Jumladan, Farğona tumanida yaşovçi, 1988-y.t. şaxs qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan keltirilgan 982 gr “gaşiş” moddasini şartli xaridorga 10700 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Boşqa holatda esa Farğona şahrida istiqomat qiluvçi, 1997-y.t. fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan qöşni davlatdan kontrabanda qilinib, Farğona tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 956 gr “gaşiş” moddasini qabul qilib olib, doimiy yaşaş manziliga qaytib ketayotgan vaqtida uşlandi.