Tadbir davomida Uyçi tumanida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi xususiy korxona rahbari hamda işçisi bölgan 1983 va 1986-yillarda tuğilgan aka-uka tomonidan noturar bino yertölasida taşkil etilgan yaşirin ombor foş etildi.
Omborni közdan keçiriş jarayonida xorijda işlab çiqarilgan, umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd sömni taşkil etuvçi 412 turdagi jami 67 923 birlikdagi dori vositalari kelgusida sotiş maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Hozirda uşbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarşunoslik ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.