Eron tomoniga Özbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirildi.

Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

Eʼtirozga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan «X» ijtimoiy tarmoğida Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallar eʼlon qilingani sabab böldi.

Qayd etilişiça, uçraşuv davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlari merosi köp asrlar davomida şakllangan boy va köp qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlandi. Samarqandning tarixiy-madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatçilik anʼanalari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişi qayd etildi.

Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi lozimligi taʼkidlandi.

Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirildi.

Özbekiston Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaydi. Şu bilan birga, mamlakatimiz tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilişga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qoladi.