«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti esa mamlakat oliygohlari orasida eng yuqori natijani qayd etib, Osiyoda 113-örinni egalladi.
Reyting natijalariga köra, Özbekistonning 6 ta oliy taʼlim taşkiloti Osiyoning top-500 taligidan, 2 tasi esa top-200 taligidan joy olgan.
Mamlakat universitetlari orasida ikkinçi eng yuqori natijani Özbekiston Milliy universiteti körsatdi. U Osiyo böyiça 196-örinni egalladi.
Şuningdek, Samarqand davlat universiteti 215-örin, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 255-örin, Toşkent davlat texnika universiteti 281-örin va Namangan davlat texnika universiteti 469-örindan joy oldi.
Markaziy Osiyo universitetlari örtasidagi alohida reytingda ham Özbekistonning ikki oliygohi kuçli öntalikka kirdi. «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti 4-örinni, Özbekiston Milliy universiteti esa 9-örinni egalladi.
Osiyo reytingidagi boşqa natijalar ham quyidagiça:
- Toşkent axborot texnologiyalari universiteti — 549-örin;
- Toşkent davlat transport universiteti — 553-örin;
- Özbekiston Milliy pedagogika universiteti — 578-örin;
- Urganç davlat universiteti — 590-örin;
- Qarşi davlat universiteti — 761–770-örin;
- Toşkent davlat agrar universiteti — 771–780-örin;
- Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti — 791–800-örin;
- Buxoro davlat universiteti va Farğona davlat texnika universiteti — 801–850-örin;
- Farğona davlat universiteti — 851–900-örin;
- Jizzax politexnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti va Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti — 951–1000-örin.
Qolgan 19 ta oliy taʼlim taşkiloti esa 1001 va undan keyingi örinlardan joy oldi. Ular orasida Andijon davlat universiteti, Central Asian University, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Guliston davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda boşqa oliygohlar bor.
QS World University Rankings: Asia 2027 reytingida Özbekiston oliy taʼlim taşkilotlari natijalari:
T/r | Oliy taʼlim muassasasining nomi | Osiyodagi örni | Markaziy Osiyodagi örni |
1 | “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti | 113 | 4 |
2 | Özbekiston Milliy universiteti | 196 | 9 |
3 | Samarqand davlat universiteti | 215 | 11 |
4 | Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti | 255 | 13 |
5 | Toşkent davlat texnika universiteti | 281 | 17 |
6 | Namangan davlat texnika universiteti | 469 | 29 |
7 | Toşkent axborot-texnologiyalar universiteti | 549 | 35 |
8 | Toşkent davlat transport universiteti | 553 | 36 |
9 | Özbekiston Milliy pedagogika universiteti | 578 | 37 |
10 | Urganç davlat universiteti | 590 | 39 |
11 | Qarşi davlat universiteti | 761-770 | 50 |
12 | Toşkent davlat agrar universiteti | 771-780 | 53 |
13 | Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti | 791-800 | 54 |
14 | Buxoro davlat universiteti | 801-850 | 56 |
15 | Farğona davlat texnika universiteti | 801-850 | 52 |
16 | Farğona davlat universiteti | 851-900 | 59 |
17 | Jizzax politexnika universiteti | 951-1000 | 63 |
18 | Qoraqalpoq davlat universiteti | 951-1000 | 63 |
19 | Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti | 951-1000 | 63 |
20 | Andijon davlat universiteti | 1001-1100 | 66 |
21 | Central Asian university | 1001-1100 | 66 |
22 | Jizzax davlat pedagogika universiteti | 1001-1100 | 66 |
23 | Özbekiston davlat jahon tillari universiteti | 1001-1100 | 66 |
24 | Guliston davlat universiteti | 1101-1200 | 77 |
25 | Namangan davlat universiteti | 1101-1200 | 77 |
26 | Samarqand iqtisodiyot va servis institute | 1101-1200 | 77 |
27 | Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti | 1101-1200 | 77 |
28 | Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti | 1201-1300 | 82 |
29 | Termiz davlat universiteti | 1201-1300 | 82 |
30 | Buxoro davlat texnika universiteti | 1301-1400 | 85 |
31 | Çirçiq davlat pedagogika universiteti | 1301-1400 | 85 |
32 | Toşkentdagi Kimyo xalqaro universiteti | 1301-1400 | 85 |
33 | Alfraganus universiteti | 1401-1500 | 93 |
34 | Navoiy davlat universiteti | 1401-1500 | 93 |
35 | Toşkent amaliy fanlar universiteti | 1401-1500 | 93 |
36 | Buxoro davlat pedagogika instituti | 1501+ | 99 |
37 | Şahrisabz davlat pedagogika instituti | 1501+ | 99 |
38 | Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti | 1501+ | 99 |