Buxoroda bölib ötgan “Özbekiston – Yaponiya” xalqaro taʼlim forumi va yarmarkasi ikki davlat örtasidagi taʼlim aloqalarini mustahkamlaş, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytiriş hamda yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş yölida muhim qadam böldi.
Forumning oçiliş marosimida Buxoro viloyati hokimi örinbosari — Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Hafiza Artikova, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda JICA Özbekiston ofisi rahbari Mamoru Sakaiga kiriş sözi bilan iştirok etib, tadbirning ahamiyatini taʼkidladilar va forum işiga muvaffaqiyat tiladilar.
Xalqaro forum-yarmarka qariyb 3 000 nafar yoşni qamrab olib, ularga Yaponiya taʼlim tizimi, yetakçi oliy taʼlim muassasalari, zamonaviy taʼlim metodikalari, xalqaro akademik hamkorlik hamda Yaponiyada tahsil oliş imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi.
Tadbirda Yaponiyaning 23 ta universiteti vakillari iştirok etib, öz taʼlim dasturlari, qabul şartlari, xalqaro talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar va akademik almaşinuv istiqbollari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Jumladan, University of Tsukuba, Nagoya Institute of Teçnology, Waseda University, Yokohama National University, Yamagata University, SOKENDAI, Kibi International University, Tohoku University, Toyo University, Hosei University hamda International College of Liberal Arts (iCLA) kabi oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan muloqotlar taşkil etildi.
Forumning ikkinçi kunida Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova boşçiligida Yaponiyaning jahon universitetlari reytinglarida yuqori örinlarni egallagan oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan muzokaralar ötkazildi. Muloqotlar davomida universitetlar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, akademik almaşinuvni kengaytiriş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuvlar yakunida özaro hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi. Mazkur muzokaralar Buxoro davlat texnika universitetining xalqaro aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş, ilğor xorijiy tajribani taʼlim jarayoniga joriy etiş hamda professor-öqituvçilar va talabalar uçun xalqaro akademik imkoniyatlarni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Özbekiston – Yaponiya” xalqaro taʼlim forumi va yarmarkasi nafaqat ikki mamlakat taʼlim muassasalari örtasidagi muloqot maydoni, balki yoşlarning xalqaro bilim va tajriba orttirişi, zamonaviy kasbiy könikmalarni egallaşi hamda kelajakdagi akademik maqsadlarini belgilaşi uçun ham muhim platforma bölib xizmat qildi.
Hamkorlik materiali