27-oktyabr kuni Toşkent şahar Yoşlar markazida Özbekiston va Turkiya hamkorligida taşkil etilgan mazkur markazning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev, Toşkent şahar hokimi örinbosari Durdona Rahimova, Turkiya Texnologiya jamoasi jamğarmasi boşqaruv kengaşi raisi Elvan Kuzuju Hidir, Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Ufuq Ulutas, şuningdek, talabalar, faol yoşlar va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Markaz yoşlarga zamonaviy bilim va könikmalarni egallaş, ilmiy-texnik yönalişlarda amaliy tajriba orttiriş imkonini beradi.
Bu yerda robototexnika, sunʼiy intellekt, aviatsiya, kosmik texnologiyalar va aniq fanlar böyiça amaliy bilimlar beriladi. Şuningdek, yoşlar xorijiy tillarni interaktiv usullarda örganişlari mumkin.
«Bilim Toşkent» markazi Yoşlar işlari agentligi, Toşkent şahar hokimligi, «Beş taşabbus loyiha ofisi» hamda Turkiya Texnologiya jamoasi jamğarmasi hamkorligida taşkil etilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi yoşlarning ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqişini oşiriş, ularning salohiyatini rivojlantiriş hamda xalqaro taʼlim va mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis bölib yetişişiga kömaklaşişdan iborat.