Pensiya tayinlaşda yangi tartib

Ayrim fuqarolarga yoşga doir pensiyani belgilangan umumiy yoşdan ikki yil oldin tayinlaş böyiça xizmatlar proaktiv şaklda körsatiladi.

Zararli va oğir mehnat şaroitlarida işlagan, şuningdek, pensiya yoşini qisqartirilgan tartibda oliş huquqiga ega şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat körsatiladi.

Tadbirkorlar uçun oldindan tölov kamayadi

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimlariga ulangan tadbirkorlik subyektlari uçun oylik isteʼmolga tölanadigan oldindan tölov miqdori 15 foiz etib belgilanadi.

Bu tadbirkorlarga kommunal xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşirişdagi moliyaviy yukni kamaytiriş imkonini beradi.

Suyultirilgan gazni yetkazib beriş tizimi özgaradi

«LPG-Trade» MÇJ tomonidan suyultirilgan gazni xarid qiliş va aholiga yetkazib beriş birja orqali amalga oşiriladi.

Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gaz bozor tamoyillari asosida şakllanadigan birja narxlarida yetkazib beriladi.

Telefon orqali reklama tarqatişga çeklovlar joriy etiladi

1-noyabrdan yuridik va jismoniy şaxslar SMS orqali tovarlar, işlar va xizmatlarni faqat abonentning yozma yoki elektron roziligini olgandan keyin reklama qilişi mumkin.

Şuningdek, mobil aloqa tarmoqlari orqali soat 18:00 dan 09:00 gaça reklama qönğiroqlari va xabarlarini tarqatiş taqiqlanadi.

Mobil aloqa operatorlari abonent söroviga köra, reklama qönğiroqlari va xabarlarini töliq yoki qisman bloklaş imkoniyatini taʼminlaşi şart.

Jamoat tartibini buzganlarga çeklovlar qöyiladi

Içki işlar organlari va qöriqlaş xizmati xodimlari «112» tizimi orqali kelib tuşgan jinoyatlar töğrisidagi xabarlar böyiça nafaqat jamoat joylarida, balki turar-joy binolarida ham hodisa joyiga yetib boradi.

Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan şaxslarning kelgusidagi ommaviy tadbirlarga kirişi çeklanişi mumkin.

Xalqaro kuryerlik jönatmalari uçun bojxona yiğimi kamayadi

Xalqaro kuryerlik jönatmalarini bojxona rasmiylaştiruvi uçun bojxona yiğimining amaldagi stavkasi 20 foizga kamaytiriladi.

Arxiv hujjatlari yagona tizimga kiritiladi

Taşkilotlar, şu jumladan nodavlat arxivlar ham özlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari töğrisidagi maʼlumotlarni Arxiv axborot tizimi orqali davlat arxivlariga taqdim etişi lozim böladi.

Yangi qoidalarning asosiy qismi 2026-yil 1-noyabrdan amal qila boşlaydi.