Buning uçun ularga boriş-keliş va boşqa xarajatlarni qoplaş maqsadida ssuda ajratiş tartibi joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qarori bilan tegişli tartib tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, texnikum öquvçilari Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada işlaş hamda sayohat qiliş uçun borişi mumkin.

Şuningdek, “Kasbiy taʼlim jarayonlarini boşqariş” — EMIS RT axborot tizimida texnikumning nomi, manzili, kodi, kasb va mutaxassislik yönalişi, bosqiçi, taʼlim şakli, öquvçining maqomi hamda baholari töğrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.

Migratsiya agentligi har yili 1-martga qadar “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijda işlaş va sayohat qiliş uçun xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik şartnomalarini imzolaş çoralarini köradi.

Yangi tartib texnikum öquvçilarining xalqaro mehnat bozorida tajriba orttirişi, xorijiy davlatlarda işlaş va sayohat qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.