-4 ta maxsus texnikum
-660 ta o‘quv o‘rni
-37 ta kasb va mutaxassislik
-Kunduzgi ta’lim shakli
Texnikumlar Samarqand, Farg‘ona, Toshkent shahrida joylashgan.
Bu yerda IT, oshpazlik, tikuvchilik, dizayn, sartaroshlik, zargarlik, OAV va axborot xizmati, elektromobillar servisi kabi zamonaviy va amaliy kasblar o‘rgatiladi.
Qabul: 10-avgustdan 10-sentyabrgacha
Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Kasblar va qabul yo‘nalishlari haqida batafsil
Kasb-hunar egallash istagidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan tasdiqlangan nogironlik xulosalariga asosan maxsus texnikumlarga qabul qilinadi.