Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toşkent şahrida narkolaboratoriya faoliyati foş qilindi.

Xususan, 2002-y.t. fuqaro Çilonzor tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, sintetik narkotiklar tayyorlaş va tarqatiş bilan şuğullangan.Xolislar iştirokida közdan keçiriş jarayonida mazkur xonadonda “zakladka” usulida tarqatiş maqsadida zip-paketlarga qadoqlangan giyohvandlik vositalari, elektron torozi, mikser, fen, şpritslar,

1000 dona böş şaffof paket, 1000 dona böş flakon va boşqa aşyolar borligi maʼlum böldi.

Tadbir davomida uşbu manzildan jami 3,5 kg gaşiş moyi, 600 gr gaşiş, 200 gr marixuana va tarkibida narkotik modda bölgan 8 dona peçenye olindi.

Holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 276¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.