Vazirning taʼkidlaşiça, uşbu xabarni tarqatgan «Butterfly team» guruhi ham öz maqsadi orqali aynan kiberxavfsizlik masalasiga eʼtibor qaratiş bölganini bildirgan.
«Hozir tarqalmadi degani, zudlik bilan çoralar körilmasa, ertaga bunday holat bölmasligiga kafolat degani emas», — deb yozdi Şerzod Şermatov.
Uning qayd etişiça, sunʼiy intellekt eski axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlaş imkoniyatlarini sezilarli darajada oşirmoqda. Şu sababli davlat, nodavlat va tijorat taşkilotlari öz tizimlaridagi kamçiliklarni muntazam aniqlab, öz vaqtida bartaraf etib borişi zarur.
Vazir xalqaro miqyosdagi kiberxavfsizlik tahdidlariga misol sifatida Binance kriptovalyuta birjasidan 6 milliard dollardan ortiq mablağ öğirlangani haqidagi maʼlumotni ham keltirdi.
Şerzod Şermatov kiberxavfsizlikka qöşimça mablağ yönaltiriş va bu sohada malakali mutaxassislar tayyorlaş muhimligini taʼkidladi. Uning fikriça, sunʼiy intellektni rivojlantirişga sarmoya kiritilayotgan bir paytda raqamli tizimlarni himoya qilişga ham şunga mos eʼtibor qaratilişi kerak.
Vazir kiberxavfsizlik sohasida bilim olişni istagan yoşlarga ham murojaat qildi. Uşbu yönalişda mutaxassislarga Özbekistonda ham, xorijda ham talab ortib borişini taʼkidlab, Cyber University, TATU, INHA, Amity va Açarya universitetlaridagi kiberxavfsizlik taʼlim yönalişlariga eʼtibor qaratişni tavsiya etdi.
Vazirning fikriça, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt rivojlanişi bilan birga kiberxavfsizlikka bölgan ehtiyoj ham ortib boradi.