Bu haqda Raqobat qömitasi maʼlum qildi».
Qayd etilişiça, Qömita 58 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasidagi 116 ta aksiyani örganib, 65 ta muammo va kamçilikni aniqlagan. Ayrim hollarda çegirmalar amalda boşqaça qöllanilgan, aksiya şartlari töliq tuşuntirilmagan yoki ğoliblarga sovrinlar berilmagan.
Andijonda «Water Life Mineral» kompaniyasi «Orzu uşalsin» aksiyasida uç nafar iştirokçiga jami 60 million sömlik sovrinlarni topşirmagan.
Namanganda esa Çevrolet Cobalt avtomobilini yutib olgan fuqaroning ğolibligi bekor qilinib, maşina boşqa şaxsga berilgan. Kompaniya buni ğolibning telefon raqami notöğri terilgani bilan izohlagan. Raqobat qömitasi aralaşuvidan söng avtomobil haqiqiy egasiga qaytarilgan.
Namangandagi «Baldini» dökonida 50 foizlik çegirma eʼlon qilingan, ammo mahsulotlarda narxnomalar bölmagan.
Buxorodagi «IDEA» dökonida esa 20, 50 va 60 foizlik çegirmalar tovarning umumiy narxiga emas, balki bölib tölaşdagi oylik tölovlarga qöllangan.
Samarqandda avtomobil xarid qilganlarga maişiy texnika sovğa qiliş aksiyasi faqat 100 foiz oldindan tölov qilgan xaridorlarga tatbiq etilgan.
Qömita maʼlumotlariga köra, aniqlangan 65 ta kamçilikning 59 tasi, yaʼni 90,7 foizi huquqiy tuşuntirişlar va ogohlantirişlardan keyin bartaraf etilgan.
Törtta tadbirkorlik subyektiga nisbatan iş qözğatilib, isteʼmolçilar foydasiga 250 million sömga yaqin mablağ qayta hisob-kitob qilingan.
Çegirmaning haqiqiyligini QR-kod orqali tekşiriş mumkin böladi. Raqobat qömitasi taklif etayotgan raqamli mexanizmlar xaridorlarga:
- QR-kod orqali tovarning avvalgi narxlari va çegirma miqdorini tekşiriş;
- aksiya şartlarini oldindan elektron tizimda köriş;
- mahsulot narxining özgariş tarixini kuzatiş imkonini berişi mumkin.
Bu orqali eʼlon qilingan çegirmalarning haqiqiyligini tekşiriş va xaridorlarni çalğituvçi reklamalarning oldini oliş közda tutilmoqda.