Şu nuqtai nazardan, Kegeyli tumanida Xitoy tajribasi asosida Şinjon usulida paxta yetiştiriş böyiça amalga oşirilgan tajriba alohida eʼtiborga loyiq. Uşbu tajriba suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş, agrotexnik tadbirlarni optimallaştiriş va paxta hosildorligini köpaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

50 gektar maydonda yangi agrotexnologiya sinovdan ötkazildi

Joriy yilda Kegeyli tumani "Içanqalʼa" ovul fuqarolar yiğini hududida xitoylik tadbirkorlar iştirokida 50 gektar maydonda Xitoy texnologiyasi asosida, Şinjon usulida paxta yetiştirildi. May oyida çigitlar tomçilatib suğoriş tizimidan foydalanib, plyonka ostiga ekildi. Ayni paytda bu maydonda paxta yiğim-terimi davom etmoqda.

Dastlabki natijalarga köra, bu maydonda har gektardan örtaça 72 sentner, yaʼni 7,2 tonnadan hosil olinayapti. Uşbu körsatkiç zamonaviy texnologiyalarni mahalliy tuproq-iqlim şaroitiga moslaştiriş va ulardan samarali foydalaniş istiqbollarini örganiş uçun muhim tajriba hisoblanadi.

Şinjon usulining asosiy jihatlaridan biri - ekişdan boşlab suğoriş, oziqlantiriş va boşqa agrotexnik jarayonlarni özaro uyğunlaştiriş orqali resurslardan foydalaniş samaradorligini oşirişdir. Bunda tomçilatib suğoriş suvni töğridan-töğri ösimlikning ildiz zonasiga yetkaziş imkonini beradi. Plyonka ostida ekiş esa tuproq namligini saqlaş, yovvoyi ötlar rivojlanişini çeklaş va ekinlarni parvarişlaşga ketadigan ayrim xarajatlarni kamaytirişga xizmat qilişi mumkin.

Suvni tejaş va işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiriş

Qoraqalpoğiston şaroitida paxta yetiştiriş jarayonida suv resurslari bilan bir qatorda mehnat, mineral öğitlar, yoqilği-moylaş materiallari va texnika xarajatlaridan samarali foydalaniş ham muhim hisoblanadi.

Anʼanaviy usulda paxta yetiştirişda yerning şörini yuviş, qator oralariga işlov beriş, begona ötlarni yöqotiş va boşqa agrotexnik tadbirlar uçun katta miqdorda suv, mehnat va moddiy resurslar talab etiladi. Şinjon usulida esa qöllanilayotgan texnologik yeçimlar bu xarajatlarning bir qismini kamaytiriş imkonini beradi.

Xususan, tajriba maydonida kuz-qiş oylarida tuproq şörini yuviş uçun suv sarflanmagani qayd etilmoqda. Mineral öğitlarni suğoriş suvi bilan birga ösimlikning ildiz zonasiga yetkazib beriş esa, oziqlantiriş jarayonini samarali taşkil etişga yordam beradi. Şuningdek, plyonka bilan qoplangan qatorlarda yovvoyi ötlarning kamayişi va qator oralarini mexanizatsiya vositalari yordamida qayta işlaşga bölgan ehtiyojning qisqarişi mehnat va texnika xarajatlarini tejaş imkonini yaratadi.

Uşbu yondaşuvning iqtisodiy samaradorligini töliq baholaş uçun sarflangan suv miqdori, mineral öğitlar va yoqilği xarajatlari, hosildorlik va bir tonna paxta tannarxini anʼanaviy usuldagi körsatkiçlar bilan qiyosiy tahlil qiliş zarur. Şundagina texnologiyaning iqtisodiy afzalliklari aniq raqamlar bilan asoslanadi.

Qoraqalpoğistonda xorijiy tajriba va yangi navlardan foydalaniş kengaymoqda

Joriy yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça fermer xöjaliklari tomonidan jami 80 ming gektar maydonda paxta yetiştiriş taşkil etilgan. Şundan 50 832 gektar maydonda 76x10 ekiş sxemasi qöllanilgan. Şuningdek, 21 400 gektar maydonda Şinjon usulida paxta yetiştiriş yölga qöyilgan, 38 355 gektar maydonda esa xorijiy seleksiyaga mansub navlar ekilgan.

Bu körsatkiçlar hududda paxtaçilikni rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş va işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga alohida eʼtibor qaratilayotganini körsatadi.

Bunda yangi texnologiyalarni faqat unumdorlik bilan baholaş yetarli emas. Ularning suv sarfi, tuproq unumdorligiga taʼsiri, ösimliklarni oziqlantiriş samaradorligi, texnik xizmat körsatiş xarajatlari va umumiy iqtisodiy natijalarini ham hisobga oliş zarur. Ayniqsa, şörlaniş darajasi turliça bölgan maydonlarda texnologiyaning natijalari alohida örganilişi kerak.

Kelgusi yil uçun yangi rejalar

Kegeyli tumanida amalga oşirilgan tajriba kelgusi yilda Şinjon usulida paxta yetiştiriş maydonlarini kengaytiriş masalasini kun tartibiga olib çiqdi. Dastlabki rejalarga köra, xitoylik investorlar iştirokida tumanda 3 ming gektar maydonda uşbu texnologiya asosida paxta ekiş közda tutilmoqda.

Uşbu rejada şör yuviş tadbirlarisiz paxta yetiştiriş imkoniyatlarini örganiş ham közda tutilgan. Lekin bunday yondaşuvni amaliyotga keng tatbiq etişda har bir maydonning tuproq şörlanişi, yerosti suvlari sathi va mineral tarkibi, suv sifati hamda drenaj holatini hisobga oliş zarur. Şörlaniş xavfi yuqori bölgan yerlarda şör yuvişdan butunlay voz keçiş tuproq holatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şu bois bu texnologiyani kengaytiriş ilmiy takliflar va tuproq tahlillari asosida amalga oşirilişi kerak. 3 ming gektar maydonda rejalaştirilayotgan işlar muvaffaqiyatli taşkil etilsa, suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş, işlab çiqariş xarajatlarini optimallaştiriş va paxtaçilikda zamonaviy agrotexnik yeçimlarni kengroq qöllaş uçun yangi imkoniyatlar paydo böladi.

Ilmiy yondaşuv va iqtisodiy samaradorlik - asosiy mezon

Bugungi kunda qişloq xöjaligida raqobatbardoşlikni taʼminlaş nafaqat yuqori hosil oliş, balki har bir gektar yer, har bir kub metr suv va sarflangan har bir mablağdan oqilona foydalanişni talab etadi.

Kegeyli tumanida Şinjon usulida paxta yetiştiriş böyiça olib borilayotgan tajriba ana şu maqsadlarga xizmat qiladi. Uning natijalarini tizimli örganiş, mahalliy tuproq-iqlim şaroitiga mos jihatlarini aniqlaş va iqtisodiy samaradorligini hisob-kitoblar bilan asoslaş kelgusi işlarning ustuvor yönalişlaridan bölişi kerak.

Ilmiy asoslangan yondaşuv, ilğor xorijiy tajriba va zamonaviy agrotexnologiyalarni özaro uyğunlaştiriş orqali Qoraqalpoğiston Respublikasida paxtaçilik samaradorligini oşiriş, suv resurslarini tejaş va fermer xöjaliklarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş uçun keng imkoniyatlar yaratilişiga işonamiz.

Mahmud MUXANOV,

Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi vazirining oziq-ovqat xavfsizligi va qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça örinbosari