Bu masalalar Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YEXHT)ning Ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari böyiça vakili, elçi Yan Braatu örtasida Vena şahrida bölib ötgan uçraşuvda ham diqqat markazida böldi.

Uçraşuvda Özbekistonning YEXHT institutlari, xususan, Ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari böyiça vakil mandati doirasidagi faoliyatga alohida eʼtibor qaratayotgani taʼkidlandi. Mamlakatning söz erkinligini mustahkamlaş, media sohasini rivojlantiriş hamda YEXHT doirasida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni amalga oşirişga sodiqligi qayd etildi.

Muloqot davomida Özbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan islohotlarga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, axborot sohasini tartibga soluvçi milliy qonunçilikni yangilaş, uni xalqaro standartlar va zamonaviy texnologik talablarga muvofiqlaştiriş, jurnalistlarning kasbiy faoliyati uçun huquqiy kafolatlarni mustahkamlaş borasidagi saʼy-harakatlar muhokama qilindi.

Yan Braatu uşbu yönalişdagi taşabbuslarning ahamiyatini qayd etib, media sohasidagi islohotlar oçiqlik, şaffoflik va jurnalistlarning kasbiy mustaqilligini taʼminlaş tamoyillari bilan uyğun tarzda amalga oşirilişi zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripov jurnalistlar manfaatlarini taʼminlaş, OAVlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar haqida axborot berdi. Xususan, Özbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi loyihasi işlab çiqilgani va hozirda qizğin muhokama qilinayotgani maʼlum qilindi.

Mazkur taşabbusning ahamiyatiga töxtalar ekan, Yan Braatu jurnalistikada kasbiy masʼuliyat, xolislik va işonçlilik tamoyillarini mustahkamlaş, şuningdek, jurnalistlarning huquqiy himoyasini kuçaytiriş muhimligini taʼkidladi.

“Bu taşabbus axborot makonida kasbiy masʼuliyat, xolislik va işonçlilik mezonlarini mustahkamlaş, jurnalistikaning professional standartlarini rivojlantiriş nuqtai nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, jurnalistlar xavfsizligini taʼminlaşga oid YEXHT Vazirlar kengaşining 3/18-sonli qarorida belgilangan majburiyatlarni amaliyotga tatbiq etiş borasida Özbekiston oldinga qadam taşlamoqda”, — dedi Yan Braatu.

Muloqot davomida Özbekistonda mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar, jumladan, milliy qonunçilikni takomillaştiriş, jurnalistlar xavfsizligini mustahkamlaş va ularning kasbiy faoliyati uçun qulay muhit yaratiş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Şuningdek, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasi Avstriya media akademiyasi, Jurnalistika va media böyiça Vena forumi markazi, Avstriya matbuot naşrlari uyuşmasi rahbarlari bilan ham uçraşuvlar ötkazdi hamda Krems şahridagi “IMC” amaliy fanlar universiteti faoliyati bilan tanişdi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi

Axborot xizmati