Suhbat avvalida Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli ishlar natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Bu kabi yaqin munosabatlar ikki tomonlama doʻstlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashi alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi koʻrib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga ahdlashib olindi.
Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.