Taşabbus Savdo-sanoat palatasi hamkorligida ilgari surildi.
Uyuşma tadbirkorlarning taklif va muammolarini masʼul taşkilotlarga yetkaziş, ularning yeçimini topişga kömaklaşiş bilan şuğullanadi. Bu haqda issiqxonaçilar bilan ötkazilgan uçraşuvda maʼlum qilindi.
Yangi tuzilmaning asosiy maqsadi — issiqxona egalari ovozini birlaştiriş, ularning muammolarini öz vaqtida kötariş va yeçimini birgalikda topiş.
Şuningdek, 22-oktyabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, issiqxonalar ekologik talablarga rioya qilgan holda faoliyatini davom ettirişi mumkin.
Qarordagi muhim jihatlardan biri — avval örnatilgan filtrlar belgilangan meʼyorlarga javob bersa, ularni yangisiga almaştiriş şart emas. Tegişli sertifikat va ruxsatnomalar asosida mavjud uskunalardan foydalaniş mumkin.