Qaror bilan alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalarga nodavlat taʼlim taşkilotlari tomonidan korreksion sinf taşkil etgan holda umumiy örta taʼlim xizmatlarini körsatiş xarajatlarini subsidiyalaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, korreksion sinf taşkil etiş istagidagi nodavlat taʼlim taşkiloti tegişli bitimni tuziş uçun umumiy örta taʼlim xizmatlari körsatiladigan hududdagi hududiy boşqarmaga «YAMIH» axborot tizimi orqali belgilangan maʼlumotlarni körsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza körib çiqilganidan söng, hududiy boşqarma tomonidan bir iş kuni içida:
- bitim tuzişni rad etiş uçun asoslar aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida bitim tuziş maqsadga muvofiqligi töğrisida xulosa rasmiylaştiriladi;
- şundan söng tegişli bitim imzolanadi.
Bunda nodavlat taʼlim taşkilotining har bir korreksion sinfidagi öquvçilar soni 12 nafardan oşmasligi lozim.
Korreksion sinfda taʼlim oladigan har bir bola uçun töliq bir oyga quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
- Toşkent şahrida — bazaviy hisoblaş miqdorining 11 baravari;
- viloyatlar markazlari va Nukus şahrida — BHMning 9,5 baravari;
- boşqa tuman va şaharlarda — BHMning 8,5 baravari.