Yiğilişda mamlakatning intellektual salohiyatini yanada yuksaltiriş, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantiriş, ziyolilarning jamiyat oldidagi masʼuliyati va örnini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Urganç davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvçi, professor Diyorjon Abdullayevning taʼkidlaşiça, bugungi globallaşuv va raqamlaşuv jarayonida ziyolilarning vazifasi faqat bilim yaratiş yoki uni boşqalarga yetkaziş bilan çeklanmaydi. Ular jamiyat tafakkurini şakllantiriş, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy özlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini yuksaltirişda ham yetakçi bölişi lozim.
Şu nuqtai nazardan, pedagogika oliy taʼlim muassasalari zimmasiga ham muhim vazifalar yuklanadi. Jumladan, zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatli, jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yaşaydigan yangi avlodni tarbiyalaş ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi.
Professorning fikriça, ziyolilar jamiyatda maʼrifat va ilm-fan taraqqiyotining yetakçi kuçi bölişi, öz bilim va tajribasi bilan yoşlarning dunyoqaraşi şakllanişiga hissa qöşişi zarur.
Bugungi muloqot davomida ilgari surilayotgan fikrlar, taşabbuslar va takliflar mamlakatning ilmiy-maʼrifiy salohiyatini yanada rivojlantiriş, ziyolilar hamjihatligini mustahkamlaş hamda Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga xizmat qilişi taʼkidlanmoqda.
«Millatning yuksalişi, avvalo, uning tafakkuri, ilmi va maʼrifati yuksalişidan boşlanadi», — deydi Diyorjon Abdullayev.
Hamkorlik materiali