Qayd etilişiça, joriy yil 12-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati keçki soatlarda “yaxşi” darajada böldi. Biroq, yarim tundan keyin PM zarraçalari miqdori asta-sekin oşib, Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “örtaça” darajaga ötdi. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa tun davomida “yaşil” daraja saqlandi.
Keçki soatlarda ğarbdan kirib kelgan havo massasi va şamol PM zarraçalarining tarqalişiga yordam bergan. Tunning ikkinçi yarmida esa şamol tezligining pasayişi, havo haroratining tuşişi, nisbiy namlikning ortişi hamda harorat inversiyasining şakllanişi havo almaşinuvini çeklagan. Natijada PM zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişi uçun şaroit yuzaga kelgan. Şu bilan birga, yuqori namlik ayrim monitoring qurilmalarida zarraçalar miqdorining yuqoriroq qayd etilişiga ham taʼsir körsatgan.
“Ekologik monitoring milliy markazi” mutaxassislari tomonidan Toşkent şahri va Qibray tumani hududlarida havo sifati holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazilgan. Prognozlarga köra, bugun, 12-noyabr kuni Toşkent şahrida havo sifati kunduzgi soatlarda Xalqaro AQI böyiça “örtaça”, milliy indeks böyiça esa “yaşil” darajada bölişi kutilmoqda.
Keçki soatlarda esa havo sifati “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajagaça özgarişi mumkin.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA