Xususan, 6-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati keçki soatlarda yomonlaşdi. Soat 20:00 dan boşlab havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom” darajaga yetdi. Yarim tundan keyin esa havo sifati yaxşilanib, tonggi soatlarda “örtaça” darajada kuzatildi. Milliy havo sifati indeksi böyiça şahar örtaça körsatkiçi yarim tungaça “sariq”, söng “yaşil” darajada böldi.
Keçki soatlarda kuçsiz şamol mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan atmosfera taşlamalari hamda PM zarraçalarining tarqalişini çeklab, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga şaroit yaratdi. Yarim tundan keyin şarqdan iliq va quruq havo kirib kelişi, şamol tezligining kuçayişi hamda havo almaşinuvining yaxşilanişi natijasida PM zarraçalari tarqalib, havo sifati sezilarli yaxşilandi.
Şuningdek, "Ekologik monitoring milliy markazi" DM mutaxassislari tomonidan Toşkent şahri va Qibray tumanida havo sifati holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazildi. Prognozlarga köra, bugun, 6-noyabr kuni Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI böyiça asosan “sezgir guruhlar uçun nosoğlom”, milliy indeks böyiça esa asosan “yaşil”, ayrim muddatlarda “sariq” darajada bölişi kutilmoqda.
Ma'lumot uçun, hozirda havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Xususan, Ekologiya qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Toşkent şahrida fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida belgilangan tartibda "N.H.P" MÇJ faoliyati örganildi. Örganiş davomida korxona tomonidan bir qança ekologik talablarga rioya qilinmaganligi aniqlandi va çora korilib, tegişli körsatmalar berildi.
Bundan taşqari, Toşkentdagi yana bir quriliş obyektida jiddiy ekologik qonunbuzarliklar kuzatildi va kerakli çoralar belgolandi. Shuningdek, brifing ötkazilib, ösimliklar qoldiqlarini yoqişning salbiy oqibatlari va qat'iy javobgarlik belgilanganligi haqida jamoatçilikka axborot berildi.
Reyd va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.