Nizom suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi böş turgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarida turizm xizmatlarini taşkil etiş, turistik va rekreatsiya obyektlarini joylaştiriş tartibini belgilaydi.
Nizomga köra, bunda turizm xizmatlarini taşkil etiş quyidagi majburiy talablar asosida yölga qöyiladi:
qutqaruv xizmatini taşkil etiş yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma asosida navbatçilik xizmatini yölga qöyiş;
kiçik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inşootlardan) xavfsiz foydalaniş qoidalariga rioya qiliş;
turizm obyektlarida hosil böladigan maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan şartnomalar tuziş va boşqalar.
Turizm xizmatlarini taşkil etişda raqamli xaritalar, onlayn bron qiliş tizimlari va QR-kodli navigatsiya vositalari va boşqa raqamli infratuzilma joriy etiladi.
Turizm obyektlarini joylaştirişda suvni muhofaza qiliş zonalari, sanitariya muhofaza qiliş zonalari, sel va köçki xavfi yuqori bölgan hududlar inobatga olinadi.
Turizm xizmatlarini taşkil etiş uçun yer uçastkalari qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratiladi.