Köz şifokoriman. Faoliyatim davomida minglab közlarga tikilib, ularga davo qidirgandirman, şifo ulaşgandirman, umid çiroqlarini yoqqandirman. Obrazli qilib aytganda, közlar bilan sözlaşganlardanman. Zero, oftalmolog uçun har bir köz — alohida bir taqdir.
Aslida, bu mening professional işim — taqdirim. Şunga öqidim, örgandim, tajriba orttirdim. Bugun öz tajribamni yoşlarga örgatyapman. Xorij safarlaridan qaytib, yurtimiz zaminiga qadam qöyganimdan könglim yorişadi. Qalbim özgaça tuyğuni tuyadi. Boisi, Vatanimizda meni közida şukronasi bor insonlar kutib oladi. Bu şukrona öz-özidan, notabiiy kelmaydi, köngildan çiqadi. Zero, közlar aldamaydi.
Tibbiyot oliygohini tugatib, bir muddat qişloq ambulatoriyasida, söng Denov tumanidagi tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonada işlay boşladim.
Şifoxonadagi işlarim yaxşilanib borgani sari meni hurmat qiladigan, yaxşi köradiganlar soni qançalik köp bölsa, yomon köradiganlar ham şunçalik köpayib, tobora ortib borardi. Dunyoning bu siru sinoatini yeçişga inson ojizlik qiladi. Qilgan xizmatlaringiz, ilmiy ustunligingiz ayrim kişilar qalbida faqat hasad ötini yoqarkan.
Davlatlar ham xuddi şunday.
Yurt tinimsiz taraqqiyot sari yuzlana borarkan, unga havas qiladiganlar qatori hasad qilguvçilar ham topilaveradi. Bu haqda keyinroq yana töxtalarmiz.
Hozir esa yaqin tariximizga bir qur nazar taşlasak. Mustaqilligimizning dastlabki yillari edi. Qişloq ambulatoriyasida işlaganimda atigi ikki xonali bino bölardi. Taşlandiq kulbaçaga öxşaş bu joy na tibbiy jihoz, na mutaxassis, na xonalardan yolçigandi. Aytsam işonavering, kasal ötirsa, şifokorga joy yöq, şifokor ötirsa, bemor tik turişga majbur edi.
Bu holatni yaqinda Prezidentimiz bilan Köksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuv çoğida ham aytdim.
Çindan ham inson qadrini taʼminlaş uçun qanday şaroit kerak deydigan hozirgidek davlat bormidi u paytlarda?! Viloyat va tuman markazidagi mutasaddilarning qoş-qovoğiga qarab, idorasiga qatnay-qatnay, ikki xonali ambulatoriya örniga sakkiz xonali bino qurdirdik.
Tuman birlaşmasida boş şifokor bölib işlay boşladim. Viloyatdagi eng aholisi köp tuman — Denov tibbiyoti uçun almisoqdan qolgan atigi 4 ta avtomaşina biriktirilgan bölib, undan ikkitasi yaroqsiz, yaroqlilarida ham maxsus aloqa vositalari va zarur jihozlar yöq edi. Qiziği, bemor oldiga boriş uçun maşinaga yonilğini kim quyadi degan savol berilardi. Hozir aytişga ham bir oz tortinsak-da, aytaqolay, hatto tez yordam çaqirgan bemorning uyiga borsak, 3-4 litr benzinga pul berarmikan deb qöliga sarğayib qarab turgan kunlar ham köp bölgan.
Yuqoriga dardingizni aytsangiz, gap aylanib, boşingizga kaltak bölib tuşadigan zamonlar edi. Lekin vijdonga sodiq qolsangiz, hammasiga erişarkansiz.
Öşa zamonning kuydi-yondisiga özimning faoliyatimdan köp misollar keltirsam, ranjimassiz. Çunki şu orqali keça va bugunni taqqoslaş imkoni böladi-da. Xullas, tuman ambulatoriyasida işlab yuribmiz. Asta-sekin asossiz yozdi-çizdilar boşlandi. Tekşirişga kelganlarga asosli iddaolarning qiziği yöq. Oçiqlik, şaffoflik va haq gapni eşituvçi idora anqoning uruği edi öşa kezlar. Hozir-çi?..
Davlatimiz rahbarining qatʼiy irodasi ortidan bugunga kelib, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa çinakam xizmat qiladigan böldi.
Öşa yillari şifokorlar orasidan ikki nafari deputatlikka nomzodini qöya boşladi. Ajablanarlisi, ularning kim ekani birovni qiziqtirmas, nomzodlarni, asosan, hokimlik vakillari qöllab-quvvatlardi. Bugungidek birov aralaşa olmaydigan xalqçil va şaffof saylov komissiyasi qayda edi deysiz?!
Öz işini vijdonan bajarmaganlarga yöl bölsin, ana soya ostida yurgan köplab soha fidoyilari bor-ku desangiz, birov eşitmaydi. Yozuv-çizuvlardan, saylovlardagi qator nohaqliklardan keyin oldimga katta maqsadlar qöydim. Yanada kuçli böldim. Holatlar kuraşga daʼvat etdi.
Saylov — mardlar maydoni. Xalq deputatlari viloyat kengaşi va Oliy Majlisga deputatlikka nomzodimni qöydim. Elni aldab bölmaydi. El biladi. Saylandim. Öşanda Şörçidan Denovga qarab ketyapman. Maşina rulida öğlim ötiribdi, men esa orqa örindiqda. Şörçidan Denovgaça közimdan yoş otilib bordim. Öğlim meni körib: “Dada, nimaga yiğlaysiz?! Axir yutib çiqdingiz-ku”, deydi. Mening esa gapirişga tilim aylanmaydi, xursandçilik va sevinç yoşlarimni töxtata olmayman. Negaki, adolat baribir ğalaba qozonişini hayotning özi isbotlagandi.
Uzoq yillar Afğonistonning Kobul va Mozori Şarif, Pokistonning Karaçi, Lahor va boşqa önlab şaharlarida bemorlarni davoladim. Fransiyaning Parij şahridagi milliy oftalmologiya markazida, AQŞda tajriba almaşuv amaliyotini ötadim. Termiz şahridagi köz kasalliklari dispanserida uzoq yillar rahbarlik qilib, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Malayziya, Fransiya va AQŞ kabi qator davlatlar mutaxassislari bilan amaliy hamkorlikni yölga qöydim. Dunyoning yirik şaharlarida bölib ötgan ilmiy anjuman va qurultoylarda köz kasalliklarini taşxislaş va mikrojarrohlik yöli bilan davolaşning özim kaşf etgan yangi usullari haqida maʼruzalar qildim.
Şu yillarda yuragimni kemirgan savol bunday bölardi: qaçon bizning tibbiyotimiz ham rivojlangan davlatlar tibbiyoti darajasiga çiqadi?
Vaqt ötdi. Bölarkan-ku, hozir biz ana şu tibbiyoti rivojlanganlar darajasidamiz. Darvoqe, örni kelganda aytay, hozir Termizdagi tibbiyot oliygohida çet eldan kelgan 200 dan ortiq talaba tahsil olyapti.
Vaholanki, avvallari xorijda mening maʼruzam qançalik dolzarb bölmasin, tibbiyotimiz ulardagidek emasligi bois ham eʼtibor sust bölardi. Bugun esa dunyoning turli burçaklarida davlatimizni taniştirib, minbarga çiqib borarkanman, eng yaxşi mutaxassislar ham bizni tinglayotganining guvohi bölyapman. Mana rivojlanişning amaliy ifodasi. Mana yangilaniş mevasi, islohotlar samarasi.
Mutaxassis sifatida aytaman: bugun yangi Özbekiston tibbiyotidagi özgarişlar qamrovi juda ulkan. Jahon aylanganman, bilaman: dunyo standartlari darajasidagi tibbiy uskunalar nafaqat viloyatlar markazida, balki tumanlarda ham mavjud. Avvallari tumanda işlaganimda bir holat bölgan. Tuman şifoxonasiga bitta magnit rezonansli tomografiya uskunasini oliş uçun ön yil viloyat va respublika soğliqni saqlaş masʼullari bilan kuraşganman. Ololmaganman. “Falon pul turadi”, deyişgan. Bugun bitta tumanda nafaqat davlat tibbiyot muassasasida, balki xususiy tibbiy sektorda ham köplab şunday uskunalarni istaganingizça uçratasiz. Endi yangilik bölmay qolgan. Xöş, öşanda qizğanilgan pul insonning qadri, salomatligidan ustun turarmidi?!
Bugun vaziyat tamomila boşqaça. Işlar kölami keng. Islohotlarning mazmun-mohiyati bölakça. Buni davlatimiz rahbari ham öşa uçraşuvda alohida qayd etib, “Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz”, deya taʼkidladi.
Men hamon bitta narsaga tuşunmayman. Nega şu paytgaça Özbekistonda transplantatsiya amaliyotiga ruxsat berilmagan? Bundan kim manfaatdor edi? Mana, nihoyat, yangi davrimizda bu amaliyotga ham ruxsat tegdi. Osmon uzilib, yerga tuşgani yöq. Qaytanga hammasi yaxşi bölib bormoqda. Axir özingiz öylab köring, u paytlarda beçora odamlar yurak va buyrak almaştiriş uçun minglab dollar mablağini kötarib, xorijiy davlatlar sari ketardi. Hozir özimizda — viloyat markazlari tugul, tumanda ham şunday murakkab jarrohlik amaliyoti samarali ötkazilyapti.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yili taşkil etilgan Toşkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tahsil olib çiqqan birinçi qaldirğoç mutaxassislar — şogirdlarim, mahalliy yoş şifokorlar tomonidan Termiz şahrida yaqinda oçilgan zamonaviy tibbiyot klasterida murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli ötkazilyapti. Bundan könglim toğdek kötariladi.
Ajdodlarim hozirgi Uzun tumani Bobotoğ hududida yaşab ötgan. Otam Omon bobo qirq tört yil Bobotoğdagi maktabda ona tili va adabiyotidan dars bergan, maktab direktori bölib işlagan. Öşa kezlari soğliqni tiklaş, bozorlik qiliş yoki boşqa yumuşlar uçun tuman markazigaça uzoq yöl bosib, ot-ulovda enib kelinardi. Hozir özim tuğilgan öşa toğli Çagam qişloğiga borganimda, ravon yöllarni, keçayu kunduz öçmaydigan tungi çiroqlarni, zamonaviy maktab va tibbiyot maskanini, asosiysi, odamlarning şukronasini körib, yayrayman, xursand bölaman.
Bu öz-özidan bölgan emas, davlatimiz rahbarining katta siyosiy irodasi bilan bölyapti deyman çagamliklarga. Töğri-da, mamlakatimiz yetakçisi inson qadrini uluğlamasa, soğlom va farovon hayot keçirişi uçun şart-şaroit yaratmasa, bunday özgarişlar qayda edi?!
Eʼtibor qiling: sönggi ön yilda yurtimizda 10 million kişiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 ming şifo örni oçildi. Zamonaviy muassasalar köpayişi va xususiy sektor rivojlanişi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşdi. Boya aytganimdek, ilgari faqat çet elda bajarilgan tuğma yurak nuqsonlarini davolaş, aʼzolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab amaliyotlar kabi yuzdan ziyod xizmat bugun mamlakatimizda körsatilmoqda.
Odamzod yaxşilikka tez könikadi. Bir-ikki marta “Bölarkan-ku!” deb quvonadi-yu, keyin xuddi hamişa şunday bölganday ötib ketaveradi. Dorilamon kunlarning qadri keyin bilinadi. Şu maʼnoda, aziz yurtimizdagi bunday kunlar dunyo turguniça tursin degim keladi.
Xorijda öqib yurgan paytlarimda miopiya xastaligining xirurgik usulini, yaʼni odam murdasining köz qobiğini bemorning yupqalaşgan köz olmasi qobiğiga tört tarafdan tikib mustahkamlaş operatsiyasi ötkazilganini körgandim. Bu jarayonni puxta örganib, tajribamni oşirişga harakat qildim. Keyinçalik bu operatsiyani yaxşi bajaradigan böldim. Ilgari xorijda murda töqimasini muammolarsiz olardik. Keyinçalik bu holat çeklanib qoldi. Ayrim qonunlar murda töqimasini işlatiş mumkin emasligini körsatib, imkoniyatlarimizni çegaralab qöydi.
Adabiyotlarni öqib-örganib, qöy yurak pardasining morfologik tuzilişi odam köz qobiği (sklera) tuzilişiga öxşaş ekanini bilib qoldim va şogirdim Öktam Saydaliyev bilan qöy yurak pardasini olib, keyinçalik esa quyon köz organlaridan bemorlarning xasta közini davolaşda foydalana boşladik. Bu esa juda yaxşi klinik natija berdi. Bemorlar ham xursand, biz ham mamnun edik.
Aniqroq tuşuntirsam, biz dunyoda birinçi bölib murda töqimasi alloplant örniga qöyning yurak pardasidan köz kasalliklarini davolaşda qöllaş uçun ksenotransplantat yaratgandik. Bu iş öşa paytlarda yangi imkoniyatlarni izlaş nuqtai nazaridan oftalmoxirurgiyada katta ahamiyatga ega edi.
Tasavvur qiling: inson köriş qobiliyatini yöqotiş xavfi bilan yuzma-yuz turibdi. Şifokor esa mavjud imkoniyatlar bilan çeklanib qolmaydi. U “Yana qanday yöl bor?” degan savolni öziga beradi. Ilmning harakatlantiruvçi kuçi ham ana şu savolda. Yangi yeçim izlaş, yangi imkoniyat yaratiş — bemor uçun umid eşigini yana bir bor oçişda gap köp.
2002-yili Germaniyaning Gannover şahrida ötkazilgan jahon soğliqni saqlaş körgazmasida mazkur ksenotransplantatning namoyiş etilgani Özbekiston tibbiyotining ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda tanitişga xizmat qildi. Keyinçalik uşbu davolaş usuli va ixtiro turli davlatlar oftalmologlariga yutuq sifatida namoyiş etib borildi.
Ammo u paytlari fanda biror yangilik qilsangiz, qilganingizga puşaymon bölardingiz. Har xil idoralarga çaqirişlar, söroqlar, taqiqlarga duç kelardingiz. Hozirgidek davlat tomonidan qöllab-quvvatlovni tuşimizda ham körmasdik. Ammo yiqilib, yana örnidan turişni bilgan odam eng kuçlidir. 1996-yildan boşlagan işimiz 2004-yilga kelib, barça mutaxassislar, ilmiy xodimlar orasida, köplab mamlakatlarda tanilib ulgurdi. Bu ixtiromiz respublikamizning deyarli barça yirik köz kasalliklari şifoxonalarida qöllana boşladi.
El salomatligi yölidagi intilişlarimiz, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaşdagi kamtarona mehnatlarimiz, jahon hamjamiyatida Özbekiston şon-şuhratini uluğlaşga qöşgan hissamiz uçun “Özbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandik.
Qahramonlik tuşunçasi haqida har kim har xil fikrlaşi mumkin. Kimdir uni jang maydonidagi jasorat bilan boğlaydi. Kimdir oğir vaziyatda inson hayotini saqlab qolişda köradi. Kimdir esa yillar davomida öz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilişni qahramonlik deb biladi.
Bir şifokor sifatida men uçun qahramonlik — har kuni bemor oldiga masʼuliyat bilan kiriş. Olim uçun — javobi hali topilmagan savol ortidan yillar davomida izlaniş. Ustoz uçun — bilimlarini şogirdlariga beriş. Inson uçun esa imkoniyatidan boşqalar manfaati yölida foydalaniş deb bilaman.
Bugungi özgarişlar, ayniqsa, tibbiyot sohasidagi yangilanişlarni körib, şu kasb sohibi bölganimdan faxrlanaman. Xursand bölaman. Binobarin, hozirgi şaroit bilan keçagi holat, bugungi mutaxassis bilan keçagisi orasida katta farq bor. Bu nimalarda körinadi? Uşbu savolga javob istagan insonni çekka qişloqlarda barpo etilgan tibbiyot muassasalari, uşbu yönalişda öqiş istagidagi yoşlar uçun qurilgan zamonaviy öquv muassasalariga olib borgan bölardim.
Şuningdek, endi sohada taʼlim, quriliş, sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi va xodimlar madaniyatini qamrab oladigan “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari” joriy etilyapti. Birlamçi böğinga eʼtibor yanada kuçaytirilyapti.
Eng yaxşi şifokor va hamşiralarni rağbatlantiriş qamrovi kengaytiriladi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiladigan eng yaxşi önta loyiha muallifiga grantlar ajratiladi.
Hozir yurtimizdagi davlatga tegişli 11 ta OTMda yiliga 15 ming şifokor tayyorlanmoqda. Bu — juda katta kuç. Yaratilayotgan şaroitlar esa ayni şu mutaxassislar, bölajak şifokorlarning yaxşi bilim olişi va xalqimiz salomatligi yölidagi saʼy-harakatlardir.
Prezidentimiz Köksaroydagi muloqotda “Men bir narsani sörayman: har bir tibbiyot xodimi öziga savol bersin — bugun inson salomatligi uçun keçagidan köra köproq nima qila oldim? Agar har birimiz şu savolga javob qidirib işlasak, tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta özgarişlar böladi”, dedi. Bu ayni haq gap. Zero, öz kasbini sevgan inson sidqidildan mehnat qiladi. Boşqalarga foyda beradi. Mehnatining samarasini köradi.
Kasbim taqozosi bilan ayta olamanki, inson közi — olamdagi eng nozik möʼjizalardan biri. Unda butun dunyo aks etadi: tongning ilk şuʼlasi, ona çehrasi, farzand tabassumi, kitobdagi harflar, gullarning maftunkorligi, toğlarning uluğvorligi, osmonning beqiyos kengligi...
Köriş — oddiy fiziologik jarayon emas. U — hayotni his qiliş, insonlar bilan muloqot örnatiş, dunyoni anglaş, öz taqdiringizni erkin quriş imkoniyati. Şuning uçun közga nur bağişlaşni hayotining boş maqsadiga aylantirgan insonlar haqida söz ketganda, oddiy kasb yoki lavozim doirasida fikr yuritiş kamlik qiladi. Bunday insonlar hayotida kasb — taqdirga, ilm — eʼtiqodga, şifokorlik esa insonparvarlik falsafasiga aylanadi.
Qiziq jihat şundaki, köz bilan işlagan sari inson qalbini ham örganişga intilarkansiz. Keyingi yillardagi katta özgarişlar meni ruhlantirdi. Qölimga qalam olib, kitoblar yozib, çop ettirdim. Xususan, “Taqdir tuhfalari”, “Hayot saboqlari” nomli kitoblarim naşr qilindi.
Yoşim saksonning bösağasida. Termizda Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan oliygohda talabalarga saboq berarkanman, kitoblarimdagi ayrim hayotiy saboqlarni ham ularga ulaşaman.
Avvalroq rivojlanayotgan yurtga havas qiladiganlar ham, hasadgöylar ham bölişi haqida söz boşlagandim. Mavridi keldi, aytay, Özbekiston bugun jadal rivojlanmoqda, har bir kunimiz yangi bir xuşxabar bilan boşlanişiga ham örganib qoldik. Darvoqe, “örganib qoldik” iborasini bejiz işlatmayapman. Yodingizdami, Şavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimini bajarişga kirişgan ilk kunlar, oylar... Öşa vaqtlarda Şavkat Miromonoviçning har bir çiqişini televideniye orqali butun vujudimiz köz-quloqqa aylanib kuzatarmidik, ha, kuzatardik. Intiqlik bilan kutardik. Butun xalqimiz, yoşu qari birdek kutardik. Propiska tizimi bekor bölgani, valyuta ayirboşlaşdagi erkinlik, plastik kartadagi pulimizni naqdlaştiriş muammosi yöqolgani, qişloqlardagi çiroq öçmay qolganida qançalik quvonganimizni bir eslaylik! Hozir bularni deyarli eslamaymiz, göyo şunça özgarişlar öz-özidan bölib qolgandek.
Bularni yana bir aytişdan maqsadimiz bitta. Har bir quvonçli kunlarni eslab-eslab turiş, bugungi tinç va osoyişta hayotimizning qadriga yetiş uçun ham juda-juda zarur.
Şunday ekan, yana bir aytarim bor: azizlarim, şu Vatan bizniki, hayotimizdagi özgarişlar özimizniki! Islohotlarimiz ortga qaytmas tus oldi. Endi oldimizda yanada katta-katta marralar turibdi. Buning uçun hammamiz Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga yelkadoş bölib, bir yoqadan boş çiqarib harakat qilişimiz kerak böladi. Bu yölda barçamizga Alloh madadkor bölsin!
Rahmon MUHAMMADIYEV,
Özbekiston Qahramoni,
tibbiyot fanlari doktori, professor