Loyihaga köra, aksiyada 18 yoşga tölgan va undan katta Özbekiston fuqarolari ixtiyoriy iştirok etişi mumkin. Buning uçun ular «Ekofaol fuqaro» platformasi orqali röyxatdan ötişi kerak.

Asosiy talab — bir yil davomida har kuni kamida 10 ming qadam yuriş. Iştirokçilarning natijalari maxsus mobil ilova orqali hisoblab boriladi.

Yil yakunida respublika böyiça eng köp qadam bosgan birinçi, ikkinçi va uçinçi örin egalari qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişi taklif etilmoqda. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va har bir viloyatda eng yuqori natija körsatgan iştirokçilar ham alohida rağbatlantiriladi.

Ğoliblarni aniqlaşda bir yil davomidagi natijalar hisobga olinadi. Sovrinlarni har yili dekabr oyida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi maxsus jamğarma mablağlari hisobidan beriş rejalaştirilgan.

Loyihada natijalarning haqqoniyligini taʼminlaş uçun alohida talablar ham belgilangan. Jumladan, elektron yuguriş yölakçasi, avtomobil, velosiped, samokat va boşqa texnik vositalar yordamida qadam yiğiş taqiqlanadi.

Qadamlar sonini sunʼiy ravişda oşirgan iştirokçilar aksiyadan çetlaştirilişi, ularning natijalari esa bekor qilinişi mumkin. Har bir iştirokçi faqat bitta şaxsiy akkaunt va bitta qurilma orqali qatnaşişi nazarda tutilgan.

Aksiya natijalari maxsus platformada şakllantirilib, ğoliblar haqidagi maʼlumotlar oçiq eʼlon qilib borilişi taklif etilmoqda.

Muhokama 13-noyabrga qadar davom etadi. Hujjat hozirça loyiha hisoblanadi. Demak, undagi talablar va rağbatlantiriş tartibi jamoatçilik muhokamasi hamda belgilangan kelişuv jarayonlaridan söng özgarişi mumkin. Loyiha qabul qilinib, rasman eʼlon qilinganidan keyingina kuçga kiradi.

Hujjat loyihasi bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.