Qarorga köra, 2027-yil 1-yanvardan soğliqni saqlaş tizimini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça uzoq va qisqa muddatli master reja (Master reja) asosida davlat va xususiy sektor iştirokidagi quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:

tibbiyot sohasiga xususiy sektorni tegişli hududda tibbiy xizmatlarga bölgan ehtiyoj hamda davlat va nodavlat tibbiyot taşkilotlarining mavjud quvvatlarini inobatga olgan holda jalb qiliş;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni körsatiş uçun zarur bölgan tibbiyot muassasalarini davlat tasarrufida saqlaş hamda ularning quvvatlarini aholining tibbiy xizmatlarga bölgan haqiqiy ehtiyojiga mutanosib ravişda rivojlantiriş;

faoliyatining samaradorligini oşiriş, ilğor boşqaruv tajribasi va zamonaviy klinik texnologiyalarni joriy etiş zarur bölgan alohida tibbiyot muassasalariga professional boşqaruvçilarni jalb qiliş va boşqalar.

2027-yil 1-yanvardan davlat tibbiyot muassasalarida (tibbiyot muassasalari) tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy sektordan autsorsing asosida xarid qilişning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda:

autsorsing şartnomalari xizmatning xususiyati va autsorser tomonidan kiritiladigan investitsiyalar hajmidan kelib çiqib, 5 yilgaça muddatga tuziladi;

alohida hollarda investitsiyani qoplaş muddatidan kelib çiqib, istisno tariqasida, Soğliqni saqlaş vazirligi xulosasi asosida autsorsing xizmatlarini körsatiş böyiça şartnomalar 10 yilgaça muddatga tuzilişi mumkin;

yangi tartib joriy etilgunga qadar muddati tugaydigan autsorsing loyihalarini 2027-yil yakuniga qadar davom ettirişga ruxsat etiladi.