Bu haqda Taʼlim va ilm-fan vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Ğijduvon tumanidagi 64-maktab direktori Nasiba Turopova maoşi keçikayotgani sababli vazirlikka murojaat qilgan. Uning aytişiça, tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boş hisobçisiga murojaat qilganida, tölovlar Majburiy ijro byurosi tomonidan hisob raqami yopib qöyilgani sababli amalga oşmayotgani aytilgan.
«Oylik iş haqimiz qaçon berilişini söraganimda, hisob raqami yopib qöyilganini aytişdi. Şuning uçun amaliy yordam sörab, vazirlikka özim murojaat qildim. Oyligimdan ikki nafar farzandimning kontrakt tölovlarini qilaman, kiçik öğlimning kurs pulini ham tölab turaman. Oyliklar öz vaqtida berilişini xohlayman», — deydi murojaatçi.
Vazirlik tomonidan ötkazilgan örganişda muammoning sababi aniqlangan. Maʼlum bölişiça, tumandagi 69 ta maktab va 78 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining uçinçi çorak hisoboti 15-oktyabrga qadar topşirilişi kerak bölgan. Biroq belgilangan muddatga rioya qilinmagani oqibatida UzASBO tizimi tölovlarni avtomatik ravişda töxtatgan.
Örganiş natijalariga köra, muammo 23-, 42- va 62-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari direktorlari tomonidan maʼlumotlarni öz vaqtida tizimga kiritilmagani va yöl qöyilgan xatolar tuzatilmagani bilan boğliq bölgan.
Masʼullardan birining taʼkidlaşiça, odatda 78 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotidagi xodimlarning iş haqi oyning ikkinçi sanasiga qadar töliq tölab berib kelingan. Bu safar esa uç nafar direktorning masʼuliyatsizligi sababli tölovlar keçikkan.
Holat vazirlik va moliya organlari hamkorligida bartaraf etilgan. Masʼuliyatsizlikka yöl qöygani uçun Ğijduvon tumanidagi 23-, 42- va 62-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari direktorlari, şuningdek, tuman markazlaştirilgan moliya-buxgalteriya xizmati rahbari Şerzod Şarifov bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan. Bundan taşqari, yana ikki nafar masʼul xodimga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.
Muammo bartaraf etilganidan söng maktablarning hisob raqamlari oçilgan va öqituvçilarga iş haqi tölab berilgan.