Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi maʼlumotiga köra, bugun, 5-noyabr kuni soat 10:00 da Uçtepa tumani, Çilonzor-23 dahasida joylaşgan köp qavatli uyning xonadonlaridan birida çaqnaş sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.

Şundan söng qutqaruv bölinmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Hodisa oqibatida qöşni xonadonning eşik va derazalariga qisman zarar yetgan. Bir nafar fuqaro tan jarohati olib, malakali tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida halok bölganlar yöq.

Hozirda çaqnaşning kelib çiqiş sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.